November 30, 2022

Davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 6-dekabr kuni
“O‘zbekiston xalqaro reyting va indekslarda: siyosiy-huquqiy soha” mavzusida
Toshkent shahri, “Hilton” mehmonxonasida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir davomida kunning ikkinchi yarimida soat 14:00 dan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat va amaliy faoliyatni uyg‘unlashtirish, siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarda Yangi O‘zbekistonni 2022- 2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirishda fuqarolik jamiyatining o‘rni, xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning imidjini yaxshilashda huquqiy targ‘ibotning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yilda siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash maqsadida xorijiy hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tashabbuslari kabi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.