April 27, 2022

Oila institutining rivojlanishida qadriyatlarning o'rni: millly va xalqaro tajriba

2022-yilning 17-mayida "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi huzuridagi "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot institutida "Oila institutining rivojlanishida qadriyatlarning o'rni: millly va xalqaro tajriba" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o' tkaziladi.

Konferensiya onlayn va oflayn formatda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya quyidagi sho'balarda ish olib boradi:
1. Oila va xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish masalalari.
2. Oila institutini rivojlantirishda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish tizimi: milliy va xalqaro tajriba.
3. Oilada gender tenglikni ta'minlash va demografik masalalarning ustuvor yo'nalishlari.
4. Oila ma'naviyatini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda "mahallabay" tizimining ahamiyati.

Maqolalar va ishtirokchi anketasi yuboriladigan elektron manzil: +998 (97) 145-15-07
Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 10-may