March 30, 2023

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi

Mavzusi:“Probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish

Konferensiya 2023-yil 30-mart kunisoat 15:00da boshlanib, offlayn va onlayn formatlarda (Zoom platformasidan foydalangan holda) o‘tkaziladi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat 14:30dan boshlanadi.

Konferensiyada islohotlar davrida penitensiar tizimni innovatsion rivojlantirish masalalari bo‘yicha quyidagi mavzularda muhokama qilish taklif etiladi:

– O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmatining rivojlanishida xorijiy davlatlarning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy etish;

– probatsiya xizmatining vazifalari va ahamiyati;

– probatsiya xizmati xodimlarining faoliyati ustidan prokuror nazorati;

– probatsiya xizmati tomonidan sudga taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti;

– probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarining ta’minlanishi;

– probatsiya xizmati faoliyatidagi psixologik jihatlar.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek va rus tilida.

Konferensiyada ishtirok etish uchun buyurtma va chiqishlar mavzulari  (1-ilova) hamda ma’ruza va axborotlarning elektron versiyalarini 2023-yilning 30-mart kuniga qadar quvonch.qodirov @bk.ru elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz. Buyurtma va materiallar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiq xati Tashkiliy qo‘mita tomonidan yuboriladi.

Bog‘lanish uchun manzil: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
100197, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi 68, Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Qodirov Quvonch Bekmurodovich
tel: (99-738-58-57).