Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Bojxona instituti tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan 2023-yil
18-may kuni soat 10:00 da “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida tashqi savdoni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtadi. Anjumanda ishtirok etish uchun tashkilot va idoralarning xodimlari, OTM professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar taklif etiladi.
Anjuman oʻz ishini oʻzbek, rus va ingliz tillarida quyidagi yoʻnalishlarda olib boradi:
- Yangi Oʻzbekiston tashqi savdosini rivojlantirishda iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlardan samarali foydalanish;
- Yangi Oʻzbekiston tashqi savdosini jadallashtirishning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- tashqi savdoni texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirish va rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
- tashqi sadoni rivojlantirishda taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlashning dolzarb yoʻnalishlari.
Tezislar 2023-yilning 8-mayiga qadar qabul qilinadi.Belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan, anjuman mavzusiga va belgilangan talablarga mos kelmagan tezislarni tashkiliy qoʻmita qabul qilmaslik huquqiga ega. Anjuman yakuni boʻyicha toʻplam www.uzbi.uz saytida eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Anjuman tashkiliy qoʻmitasi: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti Bojxona tartibga solinishi va bojxona toʻlovlari kafedrasi.
Manzil: Toshkent shahri, Qozirabot 2-tor koʻchasi 118 uy. Telefonlar: +99871 202-99-90 (ichki: 4241), mob. +99897 3941024.