September 23, 2022

"Iqtisodiy xavfsizlik va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashning intellektual texnologiyalari va modellashtirish usullari" mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida 2022-yil 6-dekabr kuni soat 10:00da “Iqtisodiy xavfsizlik va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashning intellektual texnologiyalari va modellashtirish usullari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi. Anjumanda ishtirok etish uchun tegishli tashkilot va idoralarning xodimlari, OTM professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va magistrantlar taklif etiladi.

Anjuman quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
1. Iqtisodiy xavfsizlik va tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash masalalarida intellektual axborot tizimlari;
2. Fuqarolar va oziq ovqat xavfsizligini taʼminlashda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalari;
3. Xalqaro savdo va logistikani tartibga solishning maʼmuriy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlar;
4. Smart-bojxona tizimini shakllantirishda modellashtirish usullari va algoritmlari.

Anjumanga taqdim etiladigan tezislarga talablar:
1. Tezislar hajmi 3-5 betdan koʻp boʻlmagan holda, oʻzbek, rus tillarining birida, elektron variantda [email protected] elektron pochta manzili yoki https://t.me/itconference_uzbi telegramm gruppasiga taqdim etiladi. Qoʻshimcha maʼlumotlar va eʼlonlar ushbu koʻrsatilgan telegramm gruppasida eʼlon qilib boriladi.
2. Tezislar MS Word dasturi matn redaktorida, 14 oʻlchamli Times New Roman shriftida (docx formatda) 1.0 intervalda, yuqori va pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm qoldirilgan holda shakllangan boʻlishi kerak.
3. Matnda havolalar berilgan boʻlsa, matn ichida katta qavsda foydalanilgan adabiyotning raqami yozilgan boʻlishi va oʻsha adabiyot tezisning oxirgi betida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida qayd etilishi kerak. Matematik formulalar va jadvallar MS Word, grafik va diagrammalar MS Excel vositalaridan foydalanilgan holda tayyorlangan boʻlishi lozim.
4. Matn bayoni quyidagi ketma-ketlikda berilishi tavsiya etiladi: - mavzu bosh harflar bilan; - bir interval tashlab, pastdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi, lavozimi, tashkilot nomi, elektron pochta manzili; - bir interval tashlab annotatsiya va kalit soʻzlar; - bir interval tashlab asosiy mant; - bir interval tashlab foydalanilgan adabiyotlar.
5. Ilmiy tezislarni 2022-yilning 6-noyabriga qadar qabul qilinadi. Tashkiliy qoʻmita berilgan muddatdan kech taqdim etilgan, anjuman mavzusiga va belgilangan talablarga mos kelmagan ilmiy tezislarni qabul qilmaslik huquqiga ega.
Ishtirokchilar uchun Zoom platformasi orqali konferensiyaga ulanish https://t.me/itconference_uzbi telegramm gruppasi orqali eʼlon qilinadi.

Anjuman tashkiliy qoʻmitasi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti. Manzil: Toshkent shahri, Qozirabot 2-tor koʻchasi 118 uy, indeks 100071. Telefonlar: +99871 202-99-90 (ichki: 4225, 4258), mob. +99890 371-41-71. mob. +99890 963-03-06.