Ilmiy-amaliy konferensiya
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash"
kafedrasi tashabbusi bilan joriy yilning 11-noyabr kuni soat 15:00da "Yetim va ota-
ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar farovonligini ta'minlashning
strategik modellari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.
Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oila tarbiyasiga olishining ijtimoiy masalalari
2. Oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olishning dolzarb muammolari
3. Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar farovonligini ta'minlashda hamkorlikning o'rni
Tezis-maqolalar, asoslantirilgan takliflar hamda ilmiy xulosalarni 2022-yil 5-noyabr kuniga qadar [email protected] elektron pochtasi orqali yuborishingiz mumkin.