Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tadi
1. 2022-yilning 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda innovatsion menejment: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;
2. 2022-yil 4-noyabr kuni Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida “Agroklasterlarni rivojlantirish istiqbollari: yutuqlar, muammolar va strategik yo‘nalishlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;
3. 2023-yilning 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan “Navoiy va Sharq renessansi” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2022-yilning 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda innovatsion menejment: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi.
ANJUMAN QUYIDAGI ILMIY YO‘NALISHLAR BO‘YICHA SHO‘BALARGA BO‘LINADI:
1. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning konseptual jihatlari;
2. Innovatsion menejment nazariyasiga zamonaviy qarashlar va konsepsiyalar;
3. Zamonaviy menejment: muammo va yechimlar;
4. Iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda innovatsion menejment va uning xalqaro tajribalari;
5. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va boshqarish istiqbollari.
Anjumanga materiallarni taqdim etish muddati. Anjumanda qatnashish uchun talabgorlar 2022 yil 1 noyabrgacha belgilangan tartibda materiallarni jo‘natishlari lozim.
Murojaat uchun manzil. Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 60a-uy, Iqtisodiyot fakulteti binosi, «Menejment va marketing» kafedrasi (422- xona).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +998-71-234-04-88 (kafedra); +998-94-033-03-36 (Sardor Yaxshilikov) Materiallarning elektron varianti quyidagi manzillarga yuborilishi mumkin: Telegram: +998-94-033-03-36
2022-yil 4-noyabr kuni Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida “Agroklasterlarni rivojlantirish istiqbollari: yutuqlar, muammolar va strategik yo‘nalishlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tadi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishdagi masalalar muhokama qilinadi:
- ixtisoslashgan agroklasterlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari;
- ixtisoslashgan agroklasterlarni tashkil qilish va rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy asoslari;
- ixtisoslashgan agroklasterlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarining huquqiy asoslari;
- yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirish va mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari;
- agroklasterlar faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari;
- global iqlim o‘zgarishi va pandemiya sharoitida agroklasterlar faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
- agroklasterlar faoliyatida raqamli iqtisodiyot va IT texnologiyalarni joriy qilish masalalari;
- xorijiy davlatlar agroklasterlarining ilg‘or yutuqlarini respublikamizda joriy qilish imkoniyatlari;
- agroklasterlar faoliyatida kooperatsiya va integratsiya munosabatlarini rivojlantirish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash.
Anjuman 2022 yil 4 noyabrda o‘tkaziladi va uning manzili to‘g‘risida qo‘shimcha xabar beriladi. Anjuman materiallari bo‘yicha ma’ruzalar to‘plami chop etiladi.
Ajuman ishtirokchilari quyida keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan maqolalarni (2 nusxada) 2022 yil 20 oktyabr, soat 18:00 gacha bo‘lgan muddatda anjuman tashkiliy qo‘mitasi nomida taqdim qilishlari zarur.
Manzilimiz: 100140, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2 uy. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi. Anjuman o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita. Elektron pochta: [email protected] orqali jo‘nalish mumkin.
Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi 2023-yil 9-fevral kuni“NAVOIY VA SHARQ RENESSANSI” mavzuida xalqaro simpozium o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Xalqaro simpoziumga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilish rejalashtirilgan:
1. Sharq Renessansi: fan, adabiyot va madaniyat.
2. Tasavvuf she’riyati va Alisher Navoiy ijodi.
3. Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni.
4. Temuriylar davrida kitobat san’ati.
5. Alisher Navoiyning ilmiy biografiyasini yaratish muammolari.
6. Jahon navoiyshunosligi: kecha, bugun va ertaga.
7. Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish muammolari.
8. Alisher Navoiy va jahon tilshunosligi.
9. Navoiy “Xamsa”si va komparativistika masalalari.
10. Alisher Navoiy va adabiy ta’sir masalalari.
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, fors va turk tillarida qabul qilinadi.
Simpoziumda ishtirok etish uchun quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:
Mutaxassislar 2022-yilning 30-dekabriga qadar tashkiliy qo‘mitaning elektron manziliga [email protected] ma’ruza matnini yuborishlari soʻraladi.