Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda 2022-yilning 24-noyabr kuni “Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi tendensiyalar: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Mazkur konferensiyada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun mohiyati, amaldagi kodeksidan farqli jihatlari, shuningdek yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar hamda ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda. Shunga ko‘ra, konferensiya ishi doirasida ilmiy maqola va tezislar chop etilishi nazarda tutilgan.
Konferensiyaning tashkiliy masalalari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlarni
90-925-27-72 telefon raqami orqali olish va tayyorlangan maqola va tezislar matnini [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin.