Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi 2022-yil 1-dekabrda “O‘zbekistonda zamonaviy konstitutsiyanalizmni shakllantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbol” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishni va uning materiallari asosida elektron shaklda ilmiy to‘plam tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Konferensiya ilmiy to‘plamiga quyidagi yo‘nalishlarning dolzarb masalalari, ayni sohalardagi muhim ilmiy muammolar yuzasidan maqola taqdim etish mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qonun sifatidagi o‘rni, uning takomillashuvi va qo‘llanilishi.
2. Inson huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari.
3. Jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga solishning konstitutsiyaviy masalalari.
4. Davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari.
Materiallar ilmiy to‘plam shaklida 2022-yil dekabr oyida shakllantiriladi. Maqolani o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida 2022-yil 30-noyabrgacha taqdim etish mumkin. Barcha materiallar GoogleScholar (Google Akademiya) ilmiy qidiruv tizimida indekslanadi va har bir maqolaga DOI raqam beriladi.
Koordinator: TDYuU o‘qituvchisi Xurshid Batirov
Ilmiy maqolalar quyidagi elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: