November 30, 2022

Ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Jinoyat-protsessual munosabatlarda chiqimlar: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Konferensiyada tegishli vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar vakillari qatnashishi hamda anjuman yakunlari bo'yicha ilmiy maqolalar to'plami chop etilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya 2022 yil 6 dekabr kuni soat 15:00da (Zoom platformasidan
foydalangan holda) onlayn rejimda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar soat 14.30dan boshlab ro‘yxatga olinadi. Konferensiya identifikatori va paroli ishtirokchilarga 2022 yil 4 dekabrda yuboriladi.

Konferensiyada ko‘riladigan masalalar:
— Jinoyat-protsessual qonunchiligida chiqimlar tasnifi;
— Tergovga qadar tekshiruvda yuzaga kelayotgan protsessual chiqimlar;
— Tergov faoliyatida protsessual chiqimlami qoplash: muammo va yechimlar;
— Protsessual chiqimlami qoplash va undirish bo‘yicha sudlar faoliyatini takomillashtirish;
— Gumon qilinuvchi ва ayblanuvchmn bepul yuridik yordam bilan ta’minlash bilan bog‘liq chiqimlami maqbullashtirish;
— Jinoyat-protsessual munosabatlarda chiqimlami qoplash va undirishga doir xalqaro tajriba.

Anjumanda ishtirok etishga buyurtma, ma’ruza mavzulari, ilmiy maqolalaming elektron nusxalarini 2022 yilning 2 dekabr kuniga qadar [email protected] elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz.
Anjumanda ishtirok etish bo‘yicha buyurtma va materiallaming qabul qilinganligi to‘g‘risida tashkiliy qo‘mita tomonidan ishtirokchilarga tasdiq xati yuboriladi.

Aloqa uchun ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68, tel: 71-265-17-53 yoki F.M.Jo‘rayev - O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi o‘qituvchisi (+99897-756-02-92).