October 11, 2022
“Markaziy Osiyo akademik mentorlik dasturi — 2022-2023” ikkinchi bosqichiga start berildi
Yosh olimlarga ilmiy maqolalarini chop etishda ko‘maklashish va ularning kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy kollaboratsiyani rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyiha orqali yosh olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar o‘z sohasi bo‘yicha Markaziy Osiyoning taniqli akademiklari, professorlari, olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda nufuzli nashrlarda o‘z maqolalarini chop etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyihada ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali ariza topshirishi mumkin: https://bit.ly/3yb15Mx