November 24, 2022

Ilmiy-amaliy konferensiya

2022-yilning 5-dekabr kuni soat 10:00da Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida “Konstitutsiya - mamlakat taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy-amaliy konferensiya o'zbek tilida o'tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy yo'nalishlari:
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: mamlakatimizdagi islohotlarning yangi bosqichidagi o'rni;
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ta'lim va madaniyatni oshirishning asosi;
- Konstitutsiyaviy burch huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili sifatida;
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: inson manfaatlari va oilaviy munosabatlar;
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar masalasi.

Maqola va tezislar to‘plamiga ishtirokchilarning ilmiy maqola va tezislari 2022-yilning 20-dekabr kuniga qadar [email protected] elektron pochta manzili yoki https://t.me/Nozima_Muxtorxonovna telegram manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.