Zamonaviy kriminalistika va sud ekspertizasi: holati, muammolari va yechimlari
O’zbekiston Respublikasi Jamoat havfsizligi universitetining Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan 2022 yil 27-may kuni “Zamonaviy kriminalistika va sud ekspertizasi: holati, muammolari va yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tadi.
Anjuman materiallari bo’yicha to’plam nashr etish rejalashtirilgan.
Anjuman ishida professor-o’qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va iqtidorli talabalar qatnashishlari mumkin.
Anjumanda ishtirok etish uchun maqola va tezislar 2022 yilning 15 may kuniga qadar e-conferenceffumail.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi.
Tashkiliy qo’mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.
Faqat tahrir hay’ati tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning maqola va tezislari elektron shaklda (pdf shakl) chop etiladi.
Manzil: 100109,Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qo’rg’oni
Anjuman o’tkazish uchun mas’ul: Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi. (JXU)