December 2, 2022

Ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 30 yillik bayramini keng nishonlash maqsadida 2022-yilning 5-dekabr kuni soat 10:00da Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida “Konstitutsiya - mamlakat taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy-amaliy konferensiya o'zbek tilida o'tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy yo'nalishlari:

- O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi: mamlakatimizdagi islohotlarning yangi bosqichidagi o'rni;

- O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – ta'lim va madaniyatni oshirishning asosi;

- Konstitusiyaviy burch huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili sifatida;

- O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi: inson manfaatlari va oilaviy munosabatlar;

- O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida yoshlar masalasi.

Maqola va tezislar to‘plamiga ishtirokchilarning ilmiy maqola va tezislari
2022-yilning 20-dekabr kuniga qadar [email protected]elektron pochta manzili yoki https://t.me/Nozima_Muxtorxonovna telegram manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.