March 30, 2023

Xalqaro ilmiy konferensiyasi

2023 yil 28-29 aprel kunlari Xiva shahrida «Beruniy va Ibn Sino – ikkinchi ming yillikning taqdirini o‘zgartirgan daholar: Ma’mun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasi bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar: Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi.

Anjuman qatnashchilari: konferentsiyada qatnashish uchun fan doktorlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan nomzodlari, ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar taklif etiladi.

Maqolalarni yozish tili: o‘zbek, rus, ingliz

Ishtirok etish shakli: - konferensiyada ma’ruza qilish; - ma’ruzasiz; to‘plamda nashr etish

KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI

-         Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiy merosi;

-         Abu Rayhon Beruniy yashagan davr adabiy muhiti;

-         Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan, madaniyat va san’atga qo‘shgan ulushi;

-         Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot va farmatsevtika fani rivojiga qo‘shgan hissasi;

-         Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining jahonda o‘rganilishi;

-         Abu Ali ibn Sinoning jahon ilm-fani rivojidagi o‘rni.

ANJUMANDA IShTIROK ETISH UCHUN

Talab darajasida rasmiylashtirilgan maqolani alohida faylda 2023 yil 15 aprelgacha Tashkiliy qo‘mitaning quyidagi manziliga jo‘natish lozim:

e-mail: [email protected] yoki telegram nomer +998 91 912 94 81.

Maqola fayli birinchi muallifning F.I.O. bilan nomlanishi zarur.

Bir muallifdan 3 tagacha maqola qabul qilish mumkin (hammualliflari bilan birga ham).