November 14, 2022

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O`ZBEKISTON RESPUBLIKАSI ICHKI ISHLАR VАZIRLIGI АKАDEMIYASIDA “JINOYATChILIKKА QАRSHI KURАSHISHNING DOLZАRB MUАMMOLАRI: NАZАRIYA VА АMАLIYOT” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'ilb o'tadi.

Konferensiya 2022-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 da boshlanib, (offline) va (online) formatlarda (Zoom platformasidan foydalangan holda) oʼtkaziladi.
Ishtirokchilarni ro`yxatga olish soat 09:30 dan boshlanadi. Konferensiya identifikatori va parolidan iborat elektron xat ishtirokchilarga 2022-yil 23- noyabr kuni yuboriladi.

Konferensiya davomida mavzu yuzasidan quyidagi masalalarini muhokama qilishni taklif qilamiz:
– jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga oid Respublikamiz tajribasi haqidagi maʼlumotlarni konferensiya qatnashchilariga yetkazish;
– jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilish;
– jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha ilgʼor xorijiy tajribalarni oʼrganish va tahlil qilish;

Konferensiyaning ishchi tillari: oʼzbek, rus, ingliz.
Konferensiyada ishtirok etish uchun buyurtma va chiqishlar mavzulari hamda maʼruza va axborotlarning elektron versiyalarini 2022-yilning 15-noyabr kuniga qadar [email protected] elektron manziliga yuborishingizni soʼraymiz.
Buyurtma va materiallar qabul qilinganligi toʼgʼrisidagi tasdiq xati Tashkiliy qoʼmita tomonidan yuboriladi.

Bogʼlanish uchun manzil: Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi, 100197, Oʼzbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Intizor koʼchasi 68, Jinoyat huquqi kafedrasi boshligʼi Payziev Dilshat Yuldashbaevich (+99893-529-65-00).