December 6, 2022

Roʻziyev Ahror va Yoʻldoshev Azizjonning dissertatsiyalari muhokama qilinadi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2022 yilning 6 dekabr kuni soat 14.00 da (universitet 3-o`quv binosi 234-xona) ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy seminar majlisi kun tartibiga Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchilari Roʻziyev Ahror Ikromovichning “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

hamda Yoʻldoshev Azizjon Ergash oʻgʻlining “Oʻzbekistonda jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokinining tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun

12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo’yicha yozilgan doktorlik dissertatsiyalari muhokamasi kiritilgan.

ZOOM orqali bog'lanish:

https://us06web.zoom.us/j/86020184292?pwd=bVQvTm9BT0RjdVROOGxQbWxUMW55dz09

Konferensiya identifikatori: 86020184292 Kirish kodi: 123