November 14, 2022

Kazus


Fuqaro A.Akbarov oziga tegishli bolgan yer uchastkasini fuqaro V.Saidovga 35ming AQSH dollarga sotib yubordi. Ushbu yer uchastkasining hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida davlat hokimyati idoralari  ushbu oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga tosqinlik qildi. Yer umummilliy boylik sifatida uning erkin oldi-sotdi qilinishi ta’qiqlangan.
A.Akbarov esa ushbu yer uchastkasi mulk qilib berilganligini , unga nisbatan mulk huquqi mavjud bolib , uni tasarruf etish huquqi ham mulk huquqining elementi sifatida unga tegishli ekanligini keltirib murojat qildi.
Berilgan kazusga aniqroq va tushunarli javob berishimiz uchun birinchi navbatda muammolarni aniqlab olsak:
Birinchi muammo: davlat hokimyati idoralari tomonidan oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga tosqinlik qilishi.
Ikkinchi muammo: Yerning umummilliy boylik sifatida uning erkin oldi-sotdi qilinishi ta’qiqlangan.
Uchinchi muammo: yer uchastkasini tasarruf etish huquqi ham mulk huquqining elementi sifatida unga tegishli ekanligini huquqiy jihatdan asoslang.

1.  Davlat hokimyati idoralari tomonidan oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga tosqinlik qilishi.
Birinchi muammoga toxtalib otadigan bolsak, dastlab oldi-sotdi shartnomasining haqida gapirib otadigan bolsak, Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi .
Endi kazusimizning muammoli vaziyatini keltirib chiqarilgan yer (ya’ni kochmas mulk) oldi-sotdisiga toxtalib otadigan bolsak, Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. . Haqiqiy emas deb topilishi esa yer (ya’ni kochmas mulk) oldi-sotdisi davlat hokimyati idoralari tomonidan to`sqinlik qilinishiga olib keladi. Bu birinchi holat.
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar taraflarning ko‘chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o‘zgartirishi uchun asos bo‘lmaydi.
Agar taraflardan biri ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlasa, boshqa tarafning talabiga binoan sud mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan asossiz ravishda bo‘yin tovlayotgan taraf boshqa tarafning ro‘yxatdan o‘tkazish kechikkanligi tufayli ko‘rgan zararini qoplashi shart .

2. Yuridik shaxslarda  yer Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin. Va Jismoniy shaxslarda esa yer Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin .
Uy-joy, korxona, bino, inshoot, ko‘p yillik dov-daraxtlar yoki boshqa ko‘chmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga erning yangi egasi yoki erdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi .2.Biz bilamizki , “Mulk huquqi” — moddiy neʼmatlarning aniq bir shaxslarga tegishliligi (oʻzlashtirilganligi)ni mustahkamlovchi, tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining asosiy tartibotlaridan biri. Shuningdek , Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga binoan, "har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli". Va Oʻzbekiston Respublikasi FKga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining Mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat . Mulk huquqi muddatsizdir .
Ushbu qonunlar va sharhlar orqali biz bilishimiz mumkinki , mulkni tasarruf qilish bu mulkning tarkibiy  elementlaridan  biridir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlab otish kerakki , mulkni har bir shaxs uni tasarruf qilinishi mumkin bolgan darajada tasarruf qilishi ya’ni sotishi , me’ros qoldirishi , hadya qilishi va shunga o`xshash huquqiy harakatlar amalga oshirishi mumkin . va davlart hokimyati organlari ushbu holatlarni qonuniyligini ta’minlash yoki huquqiy jihatdan buzilish yuzaga kelganda uni iziga tushirishda yordamga keladi.

Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:
1.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.  O‘Zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi,
3.  O‘Zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi,
4.  O‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘g‘risida

Foydalanilgan internet manbalari.
1.  www.lex.uz
2.  www.wikepedia.org