Xudaybergenov Baxram Kuani‘shbaevich — Jinoiy odil sudlov fakulteti Tadqiqot markazi rahbarligiga nomzod
Xudaybergenov Baxram Kuani’shbaevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bakalavr bosqichini, Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida prokuratura va adliya organlarida ishlagan. Hozirgi vaqtda TDYUning Jinoiy odil sudlov fakulteti Tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u TDYU huzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar kotibidir. Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga hamda dotsent ilmiy unvoniga ega. Oʻzbek, rus, ingliz va nemis tillarini biladi.
B.Xudaybergenov 2 ta (xalqaro va milliy) grant loyihasida ishtirok etgan. 2 ta darslik (hammualliflikda), 3 ta o‘quv qo‘llanma 10 tadan ortiq monografiya hamda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Xudaybergenov Baxram Kuani’shbaevichning saylovoldi dasturi kelgusi ikki yilda “Tadqiqot markazini ilm-fan, ta’lim va amaliyotni birlashtiruvchi maskanga aylantirish”. Bunda, dastlabki 100 kun davomida seminar-treninglar dasturini tasdiqlash, grant loyihalari portfelini shakllantirish, WoS/Scopus nashrlari bo‘yicha tadqiqot guruhlarini tashkil etish, qonun loyihalari bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etish hamda forumlar uchun hamkorlar bazasini shakllantirish maqsad qilingan.