November 5

TDYU professor-öqituvçilari iştirokidagi mahorat darslari, konferensiyalar va davra suhbatlari dayjesti

Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi hamda Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessual huquqi şöbasi hamkorligida, şöba professor-öqituvçilari Feruza Axmedova va Umida Şaraxmetova, şuningdek, Yuridik klinika volontyorlari iştirokida Yangi hayot tumanidagi 333-maktabda sayyor qabul taşkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berildi.

Şuningdek, “Street Law” loyihasi doirasida maktab bitiruvçilari bilan uçraşuv ötkazilib, öquvçilarga huquq va majburiyatlari tuşuntirildi hamda huquqiy tavsiyalar berildi.

***

Toşkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi şöbasi professor-öqituvçisi Dilafruz Sufiyeva tomonidan Yaşnobod tumanidagi 231-maktabning öquvçilari uçun “Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kuni” mavzusida huquqiy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.

Öquvçilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan tadbir zamonaviy interfaol metodlar asosida taşkil etilib, mazmunli va qiziqarli tarzda ötkazildi. Öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

***

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Toşkent davlat yuridik universiteti Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvçi organlar şöbasi professor-öqituvçilari I.Djurayev, Q.Matkarimov, J.Haydarqulov va Z.Abdusamadova tomonidan Yaşnobod tumanidagi 339-maktab öquvçilari uçun “Mening tanlovim-bilim, odob va qonunga hurmat: yuksak marralar sari” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Tadbir doirasida öquvçilarning bilim olişga bölgan iştiyoqini oşiriş, kelajakda munosib kasb tanlaş, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni şakillantiriş, şuningdek, qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan fikrlar ilgari surildi. Şuningdek, öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

***

Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida Toşkent davlat yuridik universiteti vakillari tomonidan Şayxontohur tumanidagi “Örda”, “Öqçi”, “Olmazor” va “Çorsu” mahalla fuqarolar yiğinlarida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.

Örganiş davomida mazkur mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, ularning oldini oliş va profilaktika qiliş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar holati körib çiqildi.

Şuningdek, hisobot çoragida bajarilgan işlar sarhisob qilinib, dasturga muvofiq kelgusi davrda amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar aniq belgilab olindi.

Ayni paytda tumanning boşqa mahallalarida ham örganiş işlari davom ettirilmoqda.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–232-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Legal Tech” moduli doirasida “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida elektron hujjatlar bilan ishlash va raqamli xizmatlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Huquq va texnologiyalar sho‘basi dotsenti v.b. Farxod Bobomurodov tashabbusi bilan tashkil etilgan mahorat darsini Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB Tezkor-qidiruvxizmati Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Timur Yandashev hamda mazkur bo‘limning Kiberprofilaktikabo‘linmasi inspektori, leytenant Xayrulla Mamatkulov olib bordi.

Mashg‘ulot davomida amaliyot xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari tizimida buyruqlar, farmoyishlar, xizmat xatlari, topshiriqlar, hisobotlar, fuqarolar murojaatlari, ma’muriy va protsessual hujjatlarning elektron aylanishi, shuningdek, edo.ijro.uz, ijro.gov.uz, my.gov.uz, murojaat.gov.uz, E-IMZO hamda maxsus idoraviy axborot tizimlaridan foydalanishning huquqiy va amaliy jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Mahorat darsida talabalar elektron hujjat aylanishi, raqamli davlat xizmatlari, axborot xavfsizligi va kiberjinoyatlarning oldini olishga oid amaliy bilimlarini mustahkamlab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.