November 9

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan Toşkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar dayjesti

Toşkent davlat yuridik universiteti professor-öqituvçilari va Yuridik klinikasi vakillari tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yaşnobod tumanidagi mahallalar va umumta’lim maktablarida aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş hamda fuqarolarga bepul huquqiy yordam körsatişga qaratilgan qator tadbirlar taşkil etildi.

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz mahalla muhitini şakllantiriş

Tumandagi “Asalobod”, “Tong”, “Mumtoz”, “Fidoyilar”, “Ma’rifat”, “Boysun” va “Boyqörğon” mahalla fuqarolar yiğinlarida mahalla raislari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mas’ul xodimlar iştirokida profilaktik uçraşuvlar va davra suhbatlari ötkazildi.

Tadbirlarda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning kelib çiqiş sabablari, ularga imkon yaratayotgan omillarni aniqlaş, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini oliş hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, oilaviy nizolar, zöravonlik, giyohvandlik, yoşlar örtasidagi huquqbuzarliklar va ijtimoiy tarmoqlardagi xavflarning oldini oliş, voyaga yetmaganlar tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuçaytiriş yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berildi.

 

Aholiga bepul huquqiy yordam va sayyor qabullar

TDYU professor-öqituvçilari hamda Yuridik klinikasi tomonidan “Tarnovboşi”, “Fazogir” va “Oydinköl” mahalla fuqarolar yiğinlarida Pro bono tizimi doirasida sayyor qabullar taşkil etildi.

 Qabullar davomida fuqarolarning huquqiy masalalarga oid murojaatlari örganilib, amaldagi qonunçilik asosida tuşuntirişlar va mavjud muammolarni qonuniy hal etiş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

 Xususan, birgina “Fazogir” MFYda 15 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi. Mahalla mas’ullari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy-huquqiy muammolar va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

 “Tarnovboşi” MFYda esa huquqiy maslahatlar bilan bir qatorda kiberfiribgarlik, internet orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklar, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi hamda boşqa jinoyatlardan ogoh bölişga qaratilgan tuşuntiriş işlari olib borildi.

 

Yoşlarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

Yaşnobod tumanidagi “Behizor” MFY, 151-, 212- va 231-maktabda aholi hamda yoşlar iştirokida huquqiy-ma’rifiy tadbirlar ötkazildi.

 Uçraşuvlarda yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, huquqbuzarliklar hamda nizolarning oldini oliş, qonunlarga hurmat va mas’uliyat hissini şakllantiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

 Şuningdek, öqituvçilar bilan taşkil etilgan uçraşuvda ta’lim tizimidagi islohotlar, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, öqituvçilarning ilmiy faoliyatini rivojlantiriş hamda ta’lim sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.