TDYU 2024-yil 29-noyabr kuni soat 10-00, 3 bino 234-xonada “GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR BILAN ISHLASHNING YANGICHA MEXANIZM VA TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO HAMDA YECHIMLAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
🔹Anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti, Muxtor Аvezov nomidagi janubiy Qozogʻiston davlat universiteti, Anqara Yildirim Boyazid universiteti, Maqsut Narikbayev nomidagi Qozogʻiston gumanitar yuridik universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Xalqaro moliya texnologiyalari va fanlari institute, O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika institute, Fan va texnologiyalar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti etakchi mutaxassislari hamda tadqiqotchilar ishtiroki rejalashtirilgan.
🔹Anjumanda zamonaviy jamiyatga integrasiyalashuv jarayonida yoshlarda shaxsiy va umuminsoniy manfaatlarni uygʻunlashtirishga oid tarbiyaviy yondashuv, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullari hamda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy faolligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari mahalliy va xorijiy davlatlar tajribasi asosida muhokama etilishi belgilangan.