#Xizmat#Shartnoma#
📣 Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “University 3.0” konsepsiyasi, ya’ni ta’lim – fan – innovatsion tadbirkorlik amalga oshirib kelinmoqda. Unga ko‘ra universitet tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, turli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yilgan.
🔹 Bu borada, 2024-yilda turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan 53 ta xo‘jalik shartnomalari tuzilib, 137 mln so‘m jalb qilindi.
🔹 Universitetda huquqning 16 ta yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, quyidagi xizmatlar taklif etiladi.
1. Huquqiy targʻibotlarni tashkil etish
3. Buyurtmachining lokal hujjatlari namunaviy loyihalarini tayyorlab berish
4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish
5. Qonun hujjatlari va ularning normalari mazmun-mohiyati boʻyicha ilmiy sharhlar tayyorlash
6. Huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy fanlarga oid darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola yoki oʻquv kontentini tayyorlab berish
7. Huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda konferensiya, davra suhbatlari hamda ilmiy seminarlar oʻtkazish
8. Ilmiy-huquqiy matnlarning tarjima ishini bajarish
9. Huquqiy targʻibot-tashviqot materiallarini tayyorlab berish
10. Haq evaziga huquqiy taʼlim berish
11. Yuridik xizmatlar boʻyicha IT-texnologiyalar asosida dasturlar yaratish
12. Buyurtmachi tomonidan tuziladigan shartnomalarning namunaviy loyihalarini tuzib berish
13. Mehnat munosabatlari bilan bogʻliq lokal hujjatlarni ishlab chiqish
14. Qonunchilik boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelgan muammolar boʻyicha qilingan murojaatlar yuzasidan yechim topish, takliflar tayyorlash va ular boʻyicha fikrnoma berish
15. Ilmiy unvonni olish uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish