May 16, 2023

Qonunchilikka taklif #1

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Jazoni yengillashtiruvchi holatlar” moddasiga qo‘shimcha taklif kiritish.

Taklif qiluvchi: Rozimova Kunduz Yuldashevna (Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridk fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Kalit so‘zi: jazo, jazo tayinlash, ayb shakli, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, qilmish, javobgarlik.

Berilgan taklifning qisqacha mazmuni:

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar qo‘shimcha kiritish taklif etiladi:

a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;

b) jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning da’vosi yo‘qligi;

d) jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;

e) jinoyat sodir etilganidan so‘ng jabrlanuvchiga tibbiy yoki boshqa tarzda yordam ko‘rsatish;

d) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;

f) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;

g) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;

h) zaruriy mudofaa, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash, asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;

i) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;

j) aybdorning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi mavjudligi;

k) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;

Iqtisoslik shifri:12.00.08 – Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi.

Manba: Yuridik fanlar axborotnomasi jurnali 1/2023.

Batafsil asoslash uchun havola: http://review.tsul.uz/wp-content/uploads/2023/04/YFA-1-son-2023.pdf