“Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv-akseleratsiya dasturi doirasida eng yaxshi loyiha tanlovi
“Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv-akseleratsiya dasturi doirasida eng yaxshi loyiha tanlovi!
1.1. Ushbu Nizom tanlovning maqsadi, tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
1.2. Tanlovdan maqsad – ishtirokchilarning innovatsion g‘oyalarini baholash va eng istiqbolli loyihalarni aniqlash.
1.3. Tanlov yakunida g‘oliblar taqdirlanadi. 🏆
2.1. Tanlovda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
🎓 Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari
🏫 M. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilari
🧠 Innovatsiyaga qiziqqan va uni hayotga tadbiq qilmoqchi bo‘lgan yoshlar
2.2. Loyihalar individual yoki 2 kishilik jamoa shaklida taqdim etiladi.
3. 💡 Loyihalarga qo‘yiladigan talablar
3.1. Loyihada quyidagilar bo‘lishi kerak:
* 🌟 Innovatsion g‘oya (Jumladan huquqiy yo‘nalishdagi innovatsion g‘oyalar)
3.2. Har bir loyiha 10–15 daqiqa davomida hakamlar hay’ati oldida taqdim etilishi lozim.
Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
* 💡 G‘oyaning yangiligi va dolzarbligi
* 🔧 Amalga oshirish imkoniyati
* 🗣 Taqdimot sifati (mazmun, nutq, vizual dizayn)
* 💰 Loyihaning foydaliligi (ijtimoiy yoki iqtisodiy ahamiyat)
* 🤝 Jamoaviy ish sifati (agar loyiha jamoaviy bo‘lsa)
5. 🏅 G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash
5.1. Har bir hakam ballar beradi va umumiy natijalar hisoblab chiqiladi.
5.2. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin – Sertifikat + pul mukofati
🥈 2-o‘rin – Sertifikat + pul mukofati
🥉 3-o‘rin – Sertifikat + pul mukofati
5.3. 🎖 Maxsus nominatsiya bo'yicha “Eng kreativ loyiha” ham taqdirlanadi.
6.1. Loyihalarning mualliflik huquqlari ishtirokchilarga tegishli.
6.2. Plagiat aniqlanganda loyiha tanlovdan chiqariladi.
6.3. Nizomga o‘zgartirishlar tashkiliy guruh tomonidan kiritilishi mumkin.