#tadbir #мероприятие #event
“Targʻibot poyezdi” loyihasi guruh rahbarlari va volontyor talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi oʻtkazilmoqda.
Kuni kecha loyihada ishtirok etuvchi guruh rahbarlari hamda saralab olingan volontyor-talabalar haqida ma’lumot bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan loyiha tashkilotchilari tomonidan guruh rahbarlari va volontyor-talabalar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Targ‘ibot guruhi rahbarlari va a’zolarini o‘qitish, bilim va malakalarini oshirishda ularga o‘quv-uslubiy materiallarni yetkazish hamda professional jihatdan yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mashgʻulotda Konstitutsiyani yangilash zarurati va xalq konstitutsiyasining asosiy mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” g‘oyasining konstitutsiyaviy mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlari, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etishda e’tibor qaratiladigan masalalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, huquqiy targ‘ibot ishlari ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.
Организован семинар-тренинг для руководителей групп проекта «Поезд пропаганды» и студентов-волонтеров
Как вы знаете, Министерством юстиции Республики Узбекистан совместно с Ташкентским государственным юридическим университетом под девизом «Построим Новый Узбекистан вместе» реализуется «Поезд пропаганды».
Недавно мы публиковали информацию о руководителях групп, участвующих в проекте, а также отобранных студентах-волонтерах.
Организаторами проекта, проводимого в связи с 31-й годовщиной принятия Конституции Республики Узбекистан, организован семинар-тренинг для руководителей групп и студентов-волонтеров.
На тренинге, организованном в целях обучения, повышения знаний и квалификации руководителей и членов групп, доведения до них учебно-методических материалов и содействия дальнейшему профессиональному развитию, предоставлена информация о необходимости обновления Конституции и основных положениях народной Конституции, сути и содержании конституционной идеи «Узбекистан – социальное государство» и механизмах ее реализации, вопросах, на которые следует обратить внимание при эффективной организации правовых мероприятий.
Также были проведены практические занятия, направленные на формирование навыков правовой пропаганды.