#yangilik #новость #news
Ombudsmanning TDYUdagi vakili va uning yordamchisiga murojaat qiling!
Toshkent davlat yuridik universitetida inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Gulchehra To‘laganova Ombudsmanning universitetdagi vakili hamda Sevaraxon Qodirova uning yordamchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ombudsmanning universitetdagi vakili va uning yordamchisi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
— talabalar va xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish;
— talabalar va xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
— universitet jamoasi o‘rtasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashish;
— xodimlar, talabalar hamda ular qonuniy vakillarining inson huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish orqali ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash va boshqalar.
Universitetda Ombudsman vakili faoliyatining huquqiy asoslari ta’minlangan bo‘lib, inson huquqlarining ta’minlanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan.
Bundan tashqari Ombudsman faoliyatiga qiziqqan talabalar uchun “Ombudsman klubi” ham tashkil etilgan.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘z huquqlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlarini @GulchexraZaxitovna va @zayirjanovna_s Telegram manzillariga yuborishi mumkin.
Обращайтесь к представителю Омбудсмана в ТГЮУ и его помощнику!
В Ташкентском государственном юридическом университете начата системная работа по обеспечению прав и интересов человека. На данный момент представителем Омбудсмана в ТГЮУ является профессор Ташкентского государственного юридического университета, доктор юридических наук Гулчехра Тулаганова, а ее помощницей – Севарахон Кодирова.
Представитель Омбудсмана в университете и его помощник выполняют следующие задачи:
— содействие восстановлению нарушенных прав студентов и сотрудников;
— защита прав и законных интересов студентов и сотрудников, контроль их соблюдения;
— содействие повышению правосознания и правовой культуры среди коллектива университета по вопросам прав, свобод и законных интересов человека;
— обеспечение гарантий защиты прав, свобод и законных интересов работников, студентов и их законных представителей при рассмотрении обращений о нарушении прав и законных интересов человека.
В университете обеспечена правовая основа деятельности представителя Омбудсмана, установлен общественный контроль над обеспечением прав человека.
Кроме того, для студентов, интересующихся работой Омбудсмана, создан Клуб Омбудсмана.
Преподаатели и студенты университета могут направлять свои обращения по вопросам, связанным с их правами, на телеграм-адреса @GulchexraZakhitovna и @zayirjanovna_s.
Contact the representative of the Ombudsman and their Assistant at TSUL!
Tashkent State University of Law has initiated systematic efforts to protect and ensure human rights and interests. Currently, the representative of the Ombudsman at TSUL is Professor Gulchehra Tulaganova, Doctor of Law, and her assistant is Sevarakhon Kodirova.
The representative of the Ombudsman and their assistant at the university are tasked with:
— Assisting in the restoration of violated rights of students and staff; — Protecting the rights and lawful interests of students and staff, and ensuring compliance with these rights;
— Promoting legal awareness and legal culture among the university community on matters of human rights, freedoms, and lawful interests;
— Ensuring guarantees for the protection of rights, freedoms, and lawful interests of employees, students, and their legal representatives when addressing violations of human rights and lawful interests.
A legal framework for the Ombudsman's activities at the university has been established, ensuring public oversight of human rights protection.
Additionally, an Ombudsman Club has been created for students interested in the Ombudsman's activities.
Faculty members and students can send their inquiries related to their rights to the following Telegram addresses: @GulchexraZakhitovna and @zayirjanovna_s.