August 13, 2022

#yangilik #новости #news


Xurshid Botirov Istanbulda o‘tkazilgan “Yoshlar volontyorligi” dasturida ma’ruza qildi

1-5-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “Yoshlar volontyorligi” dasturi o‘tkazildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan dasturda Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Xurshid Botirov ishtirok etib, O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va yoshlarning huquqlari kafolatlari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Dastur doirasida dunyodagi eng nufuzli reytinglarda TOP-400 talikka kirgan Istanbul davlat universitetiga tashrif buyurilib, Turkiya universitetlarida volontyorlik faoliyati, yoshlar bilan ishlash tizimi bilan yaqindan tanishildi va tajriba almashildi. Ularga TDYUda yoshlar bilan ishlash tizimi, turli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Turkiya Yoshlar va sport vazirligi tizimidagi Yoshlar markazlarida yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassalaridagi talabalar bilan ishlash markazlari, kutubxonalar va talabalar turar joylari tizimi o‘rganildi.

Ushbu forum doirasida to‘plangan tajriba asosida yoshlar siyosati sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasida hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilgan.

——————————

Хуршид Ботиров выступил с докладом в рамках программы «Молодежное волонтерство» в Стамбуле

С 1 по 5 августа в Стамбуле прошла программа «Молодежное волонтерство».

Преподаватель кафедры конституционного права Ташкентского государственного юридического университета Хуршид Ботиров принял участие в программе, организованной Организацией тюркских государств. Он выступил с докладом о сути, основных направлениях конституционных реформ и гарантиях прав молодежи в Узбекистане.

В рамках программы участники посетили Стамбульский государственный университет, который входит в ТОП-400 самых престижных рейтингов мира. Гости ознакомились с волонтерской деятельностью турецких вузов, системой работы с молодежью, состоялся обмен мнениями. Х.Ботиров предоставил информацию о системе работы с молодежью в ТГЮУ, различных проектах.

Также были изучены условия, созданные в Молодежных центрах Министерства молодежи и спорта Турции, центрах по работе со студентами в учебных заведениях, библиотеках и системе студенческого общежития.

На основе опыта, полученного в рамках данного форума, планируется подготовить предложения по совершенствованию национального законодательства в сфере молодежной политики и продолжить сотрудничество в сфере образования с престижными высшими учебными заведениями Турции.

——————————

Khurshid Botirov spoke at the Youth Volunteering Program in Istanbul

A Youth Volunteering Program was held in Istanbul, Turkey, on August 1-5.

Khurshid Botirov, lecturer at the Department of Constitutional Law of Tashkent State University of Law, took part in the program organized by the Organization of Turkic States. He made a report on the essence and main directions of constitutional reforms and guarantees of youth rights in Uzbekistan.

As part of the program, participants visited Istanbul State University, which is among the top 400 most prestigious universities in the world. The guests learned about volunteer activities of Turkish universities, the system of work with young people, and exchanged views. K.Botirov provided information on the system of work with youth in TSUL, various projects.

Besides, conditions created in Youth Centers of the Ministry of Youth and Sports of Turkey, centers for work with students in educational institutions, libraries and the system of student dormitories were studied.

Based on the experience gained during this forum, it is planned to prepare proposals for improving national legislation in the field of youth policy and continue cooperation in the field of education with prestigious higher education institutions of Turkey.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram