Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sergeli tumanidagi maktablarda amalga oshirilgan ishlar DAYJESTI
Kafedra professor-o‘qituvchilari G.Gulyamova, Sh.Ziyamuxamedova, D.Rasulmuxamedova hamda R.Matenov tomonidan Sergeli tumanidagi 351-maktabda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan ushbu davra suhbatida Davlat test markazi (DTM)ning oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish talab va mezonlari tushuntirildi. O‘quvchilarga abituriyent uchun zarur bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar haqida videorolik namoyish etildi.
O‘quvchilarning bilim va kasb-hunar tanlash huquqi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida maktab ma’muriyati, bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning sinf rahbarlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Sh.Ko‘chimov, N.Ramazonov, A.Fattaxova tomonidan Sergeli tumanidagi 353-maktabda bitiruvchilar bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida bitiruvchi talabalarning bilim va kasb-hunar tanlash huquqi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, oldiga maqsad qo‘yib, unga yetishish sirlari xususida fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilar Davlat test markazi (DTM)ning oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish talab va mezonlari bilan tanishtirildi.
Kafedra dosentlari N.Niyazova va N.Bozorova tomonidan Sergeli tumanidagi 352-maktab bitiruvchilari bilan “Bilim ol, hunar tanla!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida bitiruvchi o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish tartibi, DTM talab va mezonlari tushuntirildi.
Shuningdek, ona tili va adabiyot hamda rus tili fanlaridan test yechish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Kafedra professori, pedagogika fanlari doktori Dildora Xashimova tomonidan Sergeli tumanidagi 352-maktabda “Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda maktabning barcha o‘qituvchilari ishtirok etdi.
TDYU va Sergeli tuman maktablari orasidagi hamkorlik rejasiga muvofiq kafedra dotsentlari N.Niyazova, D.Rasulmuhamedova, N.Bozorova tomonidan 352-maktab bitiruvchilarining savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida 9- va 11 - sinf o‘quvchilaridan diktant olindi.
Kafedra o‘qituvchisi N.Niyazova TDYU “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Sergeli tumanidagi 352-maktabning 10- va 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda talabalar o‘quvchilarni universitet faoliyati, o‘quv va ma’naviy-ma'rifiy ishlar, talabalar hayoti va turli tadbirlar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, talabalar oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun maktab fanlarini o‘rganishning ahamiyati, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, mutaxassislikni tanlash, shu jumladan, advokat kasbining ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Sergeli tumanidagi 351-, 352-, 353-maktablarga tashrif buyurdi.
Tashriflar davomida davomida maktablarga badiiy-ma’rifiy, ilmiy va bolalar adabiyotlari sovg‘a qilindi.