#yangilik #новость #news
“Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida va hududlarning markaziy ko‘chalarida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etildi.
Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan loyiha doirasida “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etilib, ular orqali fuqarolar o‘z huquqiy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
Shuningdek, turli sovrinli viktorinalar o‘tkazilib, ularda faol ishtirok etganlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, shu yerning o‘zida fuqarolar uchun sayyor qabullar tashkil etilib, ularning qiynayotgan huquqiy masalalarga yechim berildi.
Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert va madaniy-ko‘ngilochar dasturlar esa barchaga xushkayfiyat ulashib, loyihaning bayramona ruhda o‘tishini ta’minladi.
Организована «Улица Конституции»
По случаю Дня Конституции Республики Узбекистан на улице Сайилгох в Ташкенте и на центральных улицах областей была организована «Улица Конституции».
В рамках проекта, проведенного Министерством юстиции совместно с партнерскими организациями, были созданы Уголки Конституции, благодаря которым граждане получили возможность укрепить свои правовые знания.
Также были проведены викторины с различными призами, а те, кто принял в них активное участие, были награждены ценными подарками.
Кроме того, были организованы мобильные приемные для граждан, тем самым обеспечено решение правовых вопросов.
Гала-концерт и культурно-развлекательная программа с участием известных артистов подарила всем хорошее настроение.
"Constitution Street" was organized
In celebration of the Constitution Day of the Republic of Uzbekistan, "Constitution Street" was organized on Sayilgoh Street in Tashkent and central streets in the regions.
As part of the project conducted by the Ministry of Justice in collaboration with partner organizations, Constitution Corners were set up, providing citizens with an opportunity to enhance their legal knowledge.
Quizzes with various prizes were also held, and those who actively participated were awarded valuable gifts.
Additionally, mobile reception offices were organized for citizens, ensuring the resolution of legal issues.
A concert and a cultural-entertainment program featuring well-known artists created a joyful atmosphere for everyone.