September 29, 2021

#qabul #прием #admission


TDYU qoshidagi akademik litseyga to‘lov asosida qo‘shimcha qabul qilish boshlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilib, 2021/2022-o‘quv yili uchun qabul 156 ta (104 ta o‘zbek va 52 ta rus) kvota asosida belgilangan qabul parametrlari doirasida amalga oshirildi.

Abituriyentlar va ota-onalarning ko‘plab murojaatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq akademik litseyga kirishda test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarni 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov asosida o‘qishga qo‘shimcha qabul qilish boshlandi.

Tabaqalashgan to‘lov kontrakt asosida o‘qish istagini bildiruvchi abituriyentlar marketing.tsul.uz tizimining “Akademik litsey uchun tabaqalashtirilgan to‘lov kontraktga ariza” bo‘limidan o‘zining ID raqamini tergan holda elektron shaklda ariza qoldirishi mumkin.

Arizalarni qabul qilish 10-oktabrga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha qabul bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni TDYUda tashkil etilgan Call-markaz (71 241-72-44), rasmiy veb-saytlar (www.tsul.uz, www.altsul.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar (@tsulofficial hamda @Yuridik_litsey) orqali olish mumkin.

——————————

Начался дополнительный прием в академический лицей при ТГЮУ на платной основе

Как вы знаете, 25 августа в Государственным центром тестирования были проведены тестовые испытания для поступления в академический лицей при ТГЮУ. Прием на 2021/2022 учебный год осуществлен в рамках параметров приема, установленных на основе 156 квот (104 – в группу с узбекским языком обучения и 52 – в группу с русским языком обучения).

По многочисленным обращениям от абитуриентов, не набравших достаточное количество баллов на вступительных экзаменах в академический лицей, согласно указу Президента от 29 апреля 2020 года УП-5987 «О дополнительных мерах по кардинальному совершенствованию юридического образования и науки в Республике Узбекистан» начался дополнительный прием на 2021/2022 учебный год на платной основе.

Абитуриенты, желающие учиться на основе дифференцированного контракта, могут подать заявку в электронном виде. Для этого необходимо ввести свой ID в разделе «Заявка на заключение договора на дифференцированный контракт для академических лицеев» на сайте marketing.tsul.uz.

Заявки принимаются до 10 октября.

Дополнительную информацию можно получить через колл-центр (71 241-72-44), официальные сайты (www.tsul.uz, www.altsul.uz) и страницы в социальных сетях (@tsulofficial и @Yuridik_litsey).

——————————

Additional admission to the academic lyceum under Tashkent State University of Law on a fee basis has been started


As you know, on August 25, the State Test Center conducted tests for admission to the academic lyceum under Tashkent State University of Law.

The admission for 2021/2022 academic year was carried out within the parameters of admission, established based on 156 quotas (104 - Uzbek and 52 - Russian).

According to the numerous appeals from the applicants who didn't gain enough scores in the entrance examinations to the academic lyceum, the additional admission for 2021/2022 academic year on a fee basis has been started.

Applicants who did not pass the tests can apply through the marketing.tsul.uz platform until October 10.

Additional information can be obtained through the call center (71 241-72-44), official websites (www.tsul.uz, www.altsul.uz), and social media pages (@tsulofficial and @Yuridik_litsey).

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram