October 18, 2023

#tadbir #мероприятие #event


TDYUda “Ijtimoiy gumanitar yo‘nalishdagi publikatsion faollikni oshirish vositalari” mavzusida forum oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kreativ taʼlim va innovatsiya — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan “InnoWeek — 2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi davom etmoqda.

Haftalik doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida “Ijtimoiy gumanitar yo‘nalishdagi publikatsion faollikni oshirish vositalari” mavzusida forum tashkil etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamkorligida an’anaviy va onlayn shaklda o‘tkazilgan anjumanda “Ilmiy tadqiqotlarda sunʼiy intellekt: imkoniyatlar, xavflar, huquqiy va axloqiy jihatlar”, “Fundamental fanlarni rivojlantirishda nufuzli xalqaro ilmiy bazalarning muhim roli”, ““Web of science” ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun”, “Springer Nature” resurslariga milliy obunaning Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqotlar rivojiga taʼsiri”, ““Scopus” bazasi tadqiqotchining reytingi va raqamli profilga taʼsiri” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Forum davomida ishtirokchilar yuqoridagi mavzular yuzasidan muhokamalar o‘tkazib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

——————————

В ТГЮУ проведен форум «Инструменты повышения публикационной активности в социально-гуманитарном направлении»

Неделя инновационных идей «InnoWeek – 2023» под девизом «Креативное образование и инновации – основа развития Нового Узбекистана», организованная Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, продолжается.

На форуме, организованном Министерством высшего образования, науки и инноваций, Ташкентским государственным юридическим университетом, Агентством инновационного развития и Центром научно-технической информации при Агентстве инновационного развития, заслушаны доклады по таким темам, как «Искусственный интеллект в научных исследованиях: возможности, риски, правовые и этические аспекты», «Важнейшая роль международных научных баз в развитии фундаментальных наук», «Web of science для социо-гуманитарного направления», «Влияние Scopus на рейтинги и цифровой профиль ученого».

В ходе форума участники обсудили представленные темы и получили ответы на интересующих их вопросы от экспертов.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram