#infografika #инфографика #infographic
“Islohotlarga daxldorman!” — yoshlar yoshlarga o‘rgatmoqda
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Islohotlarga daxldorman!” targ‘ibot aksiyasiga start berilgan edi.
Maqsad: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun- mohiyatini joylardagi yoshlarga yetkazish, aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida islohotlarning yoshlarga samarali yetib borishini ta’minlash va yoshlarda Vatan taraqqiyotiga daxldorlik, ijtimoiy faollik, to‘g‘ri talqin qila olish tuyg‘ularini singdirish, ularga maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, bilim olishga, malakali kadrlar sifatida shakllanishlariga ko‘maklashish.
Loyiha avvalida har bir hudud kesimida yoshlarning “ichiga” kira oladigan 5 nafar iqtidorli talabadan iborat targ‘ibot guruhlari tuzildi.
Har bir hududdagi yuridik texnikumlarning iqtidorli va ijtimoiy faol bo‘lgan o‘quvchilaridan iborat 10 kishilik qo‘shimcha targ‘ibot guruhlari ham shakllantirildi.
Targ‘ibot guruhlarini shakllantirishda talaba-o‘quvchilardagi quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi:
- targ‘ibot qilish ko‘nikmasining mavjudligiga;
- joylardagi yoshlarni o‘zlariga qarata olish qobiliyatiga egaligiga;
huquqiy bilimlariga; - mamlakatimizda olib borilayotgan so‘nggi islohotlardan va yangiliklardan xabardorligiga;
- notiqlik qobiliyatining yetarli darajada ekaniga;
- milliy g‘urur va yuksak Vatanparvarlik ruhining mavjudligiga.
Targ‘ibot guruhlari uchun TDYU professor-o‘qituvchilari va malakali targ‘ibotchilar tomonidan 2 kunlik o‘quv seminari hamda 2 kunlik amaliy darslar tashkil etildi.
Seminar davomida joylarda targ‘ibot tadbirlarini maqsadli tashkil etish, yoshlarga islohotlar mazmun-mohiyatini tizimli va ta’sirchan yetkazish, targ‘ibotlar orasida turli interaktiv o‘yinlar tashkil etish orqali barcha yoshlarning ijtimoiy faolligini va daxldorligini oshirish hamda ularni to‘liq qamrab olish, yoshlar bilan muloqot maydonini shakllantirish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.
Bu jarayonda hududlardagi targ‘ibot guruhlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
«Ислохотларга дахлдорман!» – молодежь обучает сверстников
Министерством юстиции совместно с Ташкентским государственным юридическим университетом запущена пропагандистская акция «Ислохотларга дахлдорман!».
Цель: донесение до молодежи на местах сути проводимых в стране масштабных реформ, дальнейшее повышение правовых знаний населения, особенно молодежи, обеспечение эффективного донесения до молодежи сути реформам по принципу «сверстник-сверстнику», формирование у молодежи чувства сопричастности к процветанию Родины, социальной активности, содействие в постановке правильных целей, получении знаний и формировании квалифицированных кадров.
В начале проекта созданы пропагандистские группы из 5 талантливых студентов, которые могут выстроить со сверстниками из регионов открытый диалог.
Дополнительно были сформированы группы по 10 человек, состоящие из талантливых и социально активных студентов юридических техникумов каждого региона.
При формировании пропагандистских групп особое внимание уделялось наличию у студентов пропагандистских навыков, способности привлечь к себе местную молодежь, их правовым знаниям и осведомленности о последних реформах и новостях в нашей стране, а также уровню ораторских способностей, чувству национальной гордости и высокому духу патриотизма.
Для пропагандистских групп профессорско-преподавательским составом ТГЮУ и квалифицированными пропагандистами в университете был организован двухдневный семинар, а также двухдневные практические занятия.
В ходе семинара была предоставлена полезная информация о целенаправленной организации пропагандистских мероприятий на местах, системном и действенном доведении до молодежи содержания реформ, повышении социальной активности и вовлеченности всех молодых людей посредством организации различных интерактивных игр, формировании площадки для общения с молодежью.
Пропагандистские группы, сформированные в регионах, также участвовали в этом процессе онлайн.