January 26, 2024

#hamkorlik #сотрудничество #cooperation


TDYU va Hindiston Milliy sud ekspertiza universiteti o‘rtasida raqamli kriminalistika bo‘yicha qo‘shma magistratura dasturi tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Hindistonning Milliy sud ekspertiza universiteti (National Forensic Sciences University) tomonidan tashkil etilgan “Behavioral Forensics: Reintegrating Expanding Contours of Criminology and Criminalistics” mavzusidagi V Xalqaro kriminologiya konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Mazkur konferensiyada TDYU rektori v.v.b. professor Islambek Rustambekov, universitetning Kiber huquq kafedrasi mudiri, professor Said Gulyamov va kafedra o‘qituvchisi Islombek Abdixakimov o‘z tezislari bilan ishtirok etib, ma’ruza qildi.

Xalqaro anjuman doirasida, Toshkent davlat yuridik universiteti va Milliy sud ekspertiza universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, ikki universitet o‘rtasida bakalavr, magistratura va doktarantura yo‘nalishlari bo‘yicha raqamli kriminalistika bo‘yicha qo‘shma ta‘lim dasturlari (Double degree program) tashkil etiladi. Qo‘shma ta’lim dasturining asosiy maqsadi kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash hisoblanadi.

——————————

ТГЮУ и Национальный университет судебной экспертизы создадут совместную магистерскую программу по цифровой криминалистике

Делегация под руководством врио ректора Ташкентского государственного юридического университета Исламбек Рустамбеков принимает участие в V Международной конференции по криминологии, организованной Национальным университетом судебной экспертизы Индии (National Forensic Sciences University) на тему «Behavioral Forensics: Reintegrating Expanding Contours of Criminology and Criminalistics».

На этой конференции врио ректора ТГЮУ, профессор Исламбек Рустамбеков, заведующий кафедрой киберправа университета, профессор Саид Гулямов и преподаватель кафедры Исломбек Абдихакимов приняли участие с тезисами, а также выступили с докладами.

В рамках международной конференции подписан договор совместной образовательной программы между Ташкентским государственным юридическим университетом и Национальным университетом судебной экспертизы.

Согласно договору, между двумя университетами будут организованы совместные образовательные программы (Double degree Program) по цифровой криминалистике на уровне бакалавриата, магистратуры и докторантуры. Основная цель совместной образовательной программы – подготовка специалистов по кибербезопасности и борьбе с киберпреступностью.

——————————

TSUL and the National Forensic Sciences University will launch a joint master's program on digital forensics

The delegation headed by Islambek Rustambekov, the Acting Rector of Tashkent State University of Law, takes part in the V International Conference on Criminology organized by the National Forensic Sciences University of India on the theme "Behavioral Forensics: Reintegrating Expanding Contours of Criminology and Criminalistics".

Professor Islombek Rustambekov, Acting Rector of TSUL, Professor Said Gulyamov, Head of the Cyberlaw Department of the University, and Islombek Abdihakimov, Lecturer of the Department, participated in the conference with their theses and also made reports.

As part of the international conference, a joint educational program agreement was signed between Tashkent State University of Law and the National Forensic Sciences University.

According to the agreement, the two universities will organize joint educational programs (Double degree Program) on digital forensics at the bachelor's, master's, and doctoral levels. The main goal of the joint educational program is to train specialists in cybersecurity and combating cybercrime.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram