Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti
TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi tomonidan “Huquqiy qidiruv: ko‘plab muammolarni texnologik yechimi” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.
“Huquqiy axborot texnologiyalari” moduli doirasida “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari uchun TDYU Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotni kafedra dotsenti M.Yunusova, o‘qituvchisi J.Jo‘rayeva va klinika mutaxassisi M. Shamsiddinov olib bordi.
TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Firuza Xusainova tomonidan “Muvaffaqiyatli yurist, yaxshi mutaxassis va hamkasblar orasida ko‘rimli bo‘lish uchun nima qilish kerak?” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
“Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Laylo Aslonova olib bordi.
Mashg‘ulotda uzoq muddatli maqsadga erishish va tizimli yondashuvni rivojlantirish zarurati, ish beruvchilar qadrlaydigan ko‘nikmalar, suhbatdoshda birinchi ijobiy taassurotni uyg‘otadigan vositalar haqida ma’lumot berildi.
TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Mamataliyeva tomonidan “Jinoyat ishlarini apellyatsiya instansiya sudida ko‘rish” mavzusida sayyor mahorat darsi tashkil etildi.
“Jinoyat-protsessual huquqi” fani doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tkazilgan mashg‘ulotda sudya E.Turgunboyev tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya instansiya sudida ko‘rish tartibi haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, talabalar sud muhokamalarida ishtirok etdi.
TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida amaliy dars o‘tkazildi.
“Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi (Maxsus qism)” fani doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi raisi v.v.b O. Sattorov olib bordi.
Dars davomida talabalarga daʼvoni taqdim etish tartibi, daʼvo arizasi va uning rekvizitlari, daʼvo arizasini qabul qilish, fuqarolik ishini qo‘zg‘atish, ishni sudga tayyorlash, fuqarolik ishlarini tayyorlash bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar, ishni sudga tayinlash, sud majlisi, sud muhokamasi, ishni to‘xtatib turish, ishni tugatish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, sud majlisi bayonnomasini yuritish tartibi, uning mazmuni haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, talabalar “Nikohdan ajratish to‘g‘risida”gi va “Uyga kiritish to‘g‘risida”gi ishlar ko‘rilgan ochiq sud majlisida ishtirok etdi.
Toshkent shahrida xotin-qizlarni huquqi va erkinliklarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy-huquqiy qo‘llab quvvatlash, oilalalarda sog‘lom-ma'naviy mustahkamlashda hamkorlik, fidoyilik ko‘rsatgani uchun TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari nomzodi, professor Dildora Bazarova va professor, yuridik fanlari doktori Gulchehra Tulaganova Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Toshkent shahar ayollar reabilitatsiya va moslashtirish markazi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Yunusova, J.Jo‘rayev va Sh.Toshpo‘latov tomonidan “Data privacy concerns. Impact of technology on intellectual property (IP) law” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
“Huquqiy axborot texnologiyalari” moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni xorijlik mutaxassis, doktor Ammar Younas olib bordi.
Mavzu doirasida xorijlik mutaxassis “How can I make money from my DNA? Augmented Reality, Internet of Things, Blockchain” sohalari bo‘yicha maʼlumot berdi.
“Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual” huquq kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Advokatura va mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari” mutaxassisligi magistrlari va “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun sayyor dars tashkil etildi.
Toshkent shahar prokuraturasida o‘tkazilgan mashg‘ulotda talabalarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va hakamlik sudlarida davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari, protsessual muddatlar, ularning ahamiyati bo‘yicha ma’lumot berildi.
“Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasining ilmiy maktabi doirasida TDYU 3-bosqich talabasi Behruz Ro‘ziyev kafedra dotsenti v.b., y.f.d. Go‘zal Axmedova bilan birgalikda “International and Scientific Practical Conference: Relevant issues of criminal process and criminalistics” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.
“Kriminalistika va sud ekspertiza” kafedrasi tomonidan “Sud ekspertizasi” moduli doirasida “Sud fonografiyasi” va “Hujjatlarni texnik kriminalistik ekspertizasi” mavzularida mahorat darsi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi “Kasbiy ko‘nikmalar” kafedrasi o‘qituvchisi Rustambek Turinberdov olib borgan mashg‘ulotda sud fonografiya ekspertizasining ahamiyati, hujjatlarni texnik kriminalistik usulda tekshirish usullari haqida maʼlumot berildi.
Toshkent davlat yuridik univerisitetida amalga oshirilayotgan “Yong‘in xavfsizligi” haftaligi doirasida “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘g‘ri amal qilish farovonligimiz kafolatidir” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
“Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun o‘tkazilgan tadbirda kuz-qish mavsumida is gazidan himoyalanish, uy-joylardagi texnik uskunalardan foydalanish qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalari to‘grisida foydali ma’lumotlar berildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Dildarxon Xashimova tomonidan “Kitob – millatning madaniy va maʼnaviy merosi!” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida tashkil etilgan tadbirda kitoblarning inson maʼnaviyati, kasbiy malakasi yuksalishi va jamiyat hayotidagi o‘rin xususida so‘z yuritildi.
Mahorat darsida vazirlik Markaziy apparati xodimlari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
TDYUda senatorlar ishtirokida “Mehnat kodeksi” loyihasi kuhokama qilindi
Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Batir Matmuratov hamda Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farxod Boqiyev ishtirok etdi.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Orifjon Choriyev tomonidan Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida “Davlat tilida ish yuritish — akademik yozuv” moduli bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi.
ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda modulning o‘quv dasturida belgilangan mavzularni o‘tishda ahamiyat qilish lozim bo‘lgan masalalar, zarur manba va adabiyotlar, kazuslarni tayyorlash va ulardan foydalanish haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasida TDYU "Mehnat huquqi" kafedrasi bilan hamkorlikda "Mehnat qonunchiligini qo‘llash masalalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Anjumanda diniy xizmatchilarning mehnatini huquqiy tartibga solishda mehnat qonunchiligining o‘rni bo‘yicha mutaxassislarning maʼruzalari eshitildi.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan sohaga oid foydali maʼlumotlar berildi.
Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinikasi tomonidan o‘quvchilarni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida nazariya va amaliyot uyg‘unligining ahamiyatini tushuntirish maqsadida Toshkent davlat yuridik unversiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda “Nazariya va amaliyot uyg‘unligi” mavzusida seminar tashkil etildi.
TDYU “Xususiy huquq” fakulteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va ularni tergov qilish ustidan prokuror nazorati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
“Kiber huquq” moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tadqiqotchisi Atobek Davronov olib bordi.
TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori, y.f.d. G.To‘laganova tashabbusi bilan “Jinoyat-protsessual huquqi” fanu doirasida mahorat darsi tashkil etildi.
“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotni malakali sudya Tolibjon Obidov olib bordi.
TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi mudiri yuridik fanlar nomzodi, professor Dildora Bazarova tashabbusi bilan “Birinchi instantsiya sudida ish yuritish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
“Jinoyat-protsessual huquqi” fani doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi dotsenti, yuridik fanlar doktori Surayo Rahmonova olib bordi.
X.Abzalova ilmiy maktabi doirasida Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudida “Ommaviy huquq” talabalari uchun “Jinoyat huquqi” fani doirasida sayyor darslar o‘tkazildi.
Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram