October 1, 2023

#tadbir #мероприятие #event


Sizdan boshlanadi asli tafakkur!

Toshkent davlat yuridik universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, TDYU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov, universitet rahbariyati, Adliya vazirligi tizimidagi yuridik ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Bayram tadbiri avvalida Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigini o‘qib berdi va barchani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, TDYU rektori v.v.b. I.Rustambekov va professor H.Boboyev ham so‘z olib, barcha professor-o‘qituvchilarni bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida o‘zining fidokorona mehnati va jonkuyarligi bilan hamkasblari va shogirdlariga o‘rnak bo‘layotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarni topshirildi.

Yakunda el ardog‘idagi san’atkorlar va universitet iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

——————————

Сиздан бошланади асли тафаккур!

В Ташкентском государственном юридическом университете организовано праздничное мероприятие, посвященное Дню учителей и наставников.

На мероприятии выступили заместитель министра юстиции Шерзод Рабиев, врио ректора Исламбек Рустамбеков, руководство университета, преподаватели и сотрудники юридических учебных заведений Министерства юстиции.

В начале праздничного мероприятия выступил заместитель министра юстиции Шерзод Рабиев и зачитал поздравление министра юстиции Республики Узбекистан учителям и наставникам, искренне поздравив всех с профессиональным праздником.

Также преподавателей с праздником поздравили врио ректора ТГЮУ И.Рустамбеков и профессор Х.Бобоев.

Преподавателям и сотрудникам, которые своим самоотверженным трудом и энтузиазмом подают пример коллегам и студентам, вручены почетные грамоты и памятные подарки.

В завершение концертная программа, подготовленная талантливыми студентами университета, подарила всем хорошее настроение.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram