March 19

#tadbir #мероприятие #event


Vazir TDYU Talabalar turar-joylarida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar-joylarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida turli sport musobaqalari, milliy o‘yinlar, “Osh chempionati”, “Karaoke time” kabi madaniy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun bayram tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Vazir dastlab muassasada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, bu yerdagi kutubxona, oshxonalar, sport zali va yashash xonalarini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga Talabalar turar-joyidagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, A.Tashkulov talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Yakunda vazir talabalar bilan birga “Sumalak sayli”da ishtirok etdi.

——————————

Министр встретился со студентами, проживающими в Студенческих общежитиях ТГЮУ

Как вы знаете, в Студенческих общежитиях Ташкентского государственного юридического университета под девизом «С тобой, Навруз, мир светом озарится!» проводятся различные спортивные соревнования, национальные игры, чемпионат плова, «Karaoke time» и другие культурно-духовные мероприятия.

Сегодня в рамках праздничных мероприятий организована встреча с министром юстиции Республики Узбекистан Акбаром Ташкуловым.

Визит министра начался с ознакомления с условиями, созданными для студентов в общежитии, осмотра библиотеки, столовых, спортзала и жилых комнат. Ответственным сотрудникам министр дал рекомендации по дальнейшему улучшению условий в Студенческом общежитии.

Также А.Ташкулов провел со студентами открытый диалог и ответил на их вопросы.

В завершение министр вместе со студентами принял участие в Сумаляк сайли.

——————————

The Minister met with students living in the student dormitories of TSUL

As you know, in the Student Dormitories of Tashkent State Law University, under the motto “With you, Nowruz, the world will be illuminated with light!” Various sports competitions, national games, pilaf championships, “Karaoke time” and other cultural and spiritual events are held.

Today, as part of the festive events, a meeting was organized with the Minister of Justice of the Republic of Uzbekistan - Akbar Tashkulov.

The minister's visit began with familiarization with the conditions created for students in the dormitory, inspection of the library, canteens, gym and living rooms. The Minister gave recommendations to the responsible employees on further improving the conditions in the Student Dormitory.

A. Tashkulov also held an open dialogue with students and answered their questions.

In conclusion, the minister together with the students took part in Sumalak Sayli.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram