May 10, 2024

#tadbir #мероприятие #event


G‘afur G‘ulom tavalludining 121 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida bo‘lib u yerda barpo etilgan Adiblar xiyobonini haqiqiy ma’rifat va adabiyot maskaniga, ijodkor va kitobxon yoshlar talpinadigan makonga aylantirish borasida bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Bu yo‘nalishda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan ham ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, universitetga oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Gʻafur Gʻulom biriktirilgan bo‘lib, ayni paytga qadar G‘.G‘ulom hayoti va ijodi keng targʻib qilish borasida qator ishlar qilindi.

Oʻtgan davr mobaynida universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 200 ga yaqin chiqishlar qilindi.

Adiblar xiyobonidagi Gʻafur Gʻulom haykali oldida xodim va talabalar ishtirokida 100 dan ortiq maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, “TSUL ART teatr studiyasi” tomonidan adibning “Yigit”, “Shum bola”, “Yodgor”, “Muxbirning sudi” hikoyalari, 10 ga yaqin sheʼrlari va adib hayotiga bagʻishlangan 5 ta asar sahnalashtirildi va namoyish etildi.

Shuningdek, Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodi yuzasidan talabalar oʻrtasida 50 ga yaqin tanlov oʻtkazildi hamda universitet kutubxonasida Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub kitoblar koʻrgazmalari tashkil etildi.

Shu bilan birga, adibning hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Umr daftari” nomli turkum lavhalartayyorlanib, universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali eʼlon qilindi.

Universitet tomonidan Gʻafur Gʻulom haqida “Sharqdan kelayotirman” nomli hujjatli film ssenariysi tayyorlandi va film “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda suratga olindi va tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

Gʻafur Gʻulomning “Farzandlarimga” va “Ozornik” nomli kitoblari chop etildi. Adibning 7 ta asari takomillashtirilib, yangidan nashr etildi va 6 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilindi.

Universitet Axborot-resurs markazida Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodiga bagʻishlangan maxsus burchak tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universitetida Gʻafur Gʻulom nomidagi maxsus stipendiya va koʻkrak nishoni taʼsis etildi. Ushbu stipendiya va koʻkrak nishonlar adib hayoti va ijodini joylarda keng targʻib qilish, yoshlarda kitobga, adabiyotga boʻlgan qiziqishni oshirish, kitobxonlikni ommalashtirish bilan bogʻliq faolliklari uchun talaba va xodimlarga taqdim etib kelinmoqda.

Joriy yilda G‘afur G‘ulom tavalludining 121 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida G‘afur G‘ulom nomiga o‘rnatilgan haykal poyida ma’rifiy tadbir tashkil va tanlovlar tashkil etildi.

Dastavval Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Zukko kitobxon” intellektual va kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat 15 ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar G‘afur G‘ulomning “Netay”, “Yodgor”, “Shum bola”, “Tirilgan murda” asarlari, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari hamda Muhammad Yusufning “Qora quyosh” va “Osmonning oxiri” asarlari asosida o‘zlarining kitobxonlik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Kitobxonlik tanlovida O‘zbekiston Milliy universitetining “O‘zMU girls” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga talabalar o‘rtasida adiblarning asarlari yuzasidan “Zakovat brayn” intellektual o‘yini ham tashkil etildi.

Shuningdek, adib haykali poyida ma’rifiy tadbir tashkil etilib, unda adib asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, adibning qalamiga mansub she’rlar ijro etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, G‘afur G‘ulom uy muzeyi xodimlari hamda olimlar tomonidan adib hayoti va ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlar yoshlarga yetkazildi.

Tadbir so‘ngida G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatib kelayotgantalabalar va xodimlarga adib nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni topshirildi.

Bundan tashqari, TDYU jamoasi tomonidan G‘afur G‘ulom uy muzeyida ham tadbirlar o‘tkazildi.

——————————

Широко отмечается 121-летний юбилей со дня рождения Гафура Гуляма

Как вы знаете, Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 20 мая 2020 года посетил Национальный парк Узбекистана имени Алишера Навои, где им был поставлен ряд задач по превращению Аллея литераторов в центр культуры, духовности и образования для всего нашего народа, особенно молодежи, проведению здесь поэтических вечеров, презентаций книг, выставок, просветительских мероприятий.

В этом направлении коллективом Ташкентского государственного юридического университета реализуется ряд мер.

В частности, к университету был прикреплен Гафур Гулям – один из выдающихся представителей узбекской литературы. До сегодняшнего дня проделан ряд работ по широкой пропаганде жизни и творчества Г. Гуляма.

За прошедший период преподаватели и студенты университета приняли участие в 200 эфирах в СМИ, посвященных жизни и деятельности Гафура Гуляма.

У памятника Гафура Гуляма на Аллее литераторов с участием сотрудников и студентов проведено более 100 просветительских мероприятий. В частности, театром-студией «TSUL ART» подготовлены сценические представления по мотивам рассказов «Йигит», «Шум бола», «Ёдгор», «Мухбирнинг суди», 10 стихотворений, а также сценки, посвященные жизни литератора.

Также среди студентов было проведено около 50 конкурсов, посвященных жизни и творчеству Гафура Гуляма, а в университетской библиотеке организованы выставки книг, написанных Гафуром Гулямом.

Вместе с тем, на официальных страницах университета в социальных сетях опубликована серия роликов, посвященных жизни и творчеству писателя под названием «Умр дафтари».

Университет подготовил сценарий документального фильма о Гафуре Гуляме «Sharqdan kelayotirman», который был снят совместно с Национальным агентством «Узбеккино» и представлен зрителям.

Вышли в свет книги Гафура Гуляма «Фарзандларимга» и «Озорник». 7 произведений писателя усовершенствованы и переизданы, 6 произведений переведены на иностранные языки.

В Информационно-ресурсном центре университета организован специальный уголок, посвященный жизни и деятельности Гафура Гуляма.

В Ташкентском государственном юридическом университете учреждена специальная стипендия и нагрудный знак имени Гафура Гуляма. Стипендия и нагрудные знаки вручаются студентам и сотрудникам за деятельность, связанную с широкой пропагандой жизни и творчества писателя, повышением интереса к книгам и литературе среди молодежи, популяризацией чтения.

В этом году по случаю 121-й годовщины со дня рождения Гафура Гуляма коллектив Ташкентского государственного юридического университета организовал просветительское мероприятие и конкурсы у памятника Гафура Гуляма на Аллее литераторов.

Сначала состоялся интеллектуально-читательский конкурс «Зукко китобхон», организованный совместно с Министерством высшего образования, науки и инноваций. В нем приняли участие 15 команд студентов высших учебных заведений. Участники проверили свои знания по произведениям «Нетай», «Ёдгор», «Шум бола», «Тирилган мурда» Гафура Гуляма, «Ўтмишдан эртаклар» Абдуллы Каххора, «Қора қуёш» и «Осмоннинг охири» Мухаммада Юсуфа.

Победителем конкурса чтецов стала команда «O‘zMU girls» Национального университета Узбекистана.

Одновременно с этим среди студентов была организована интеллектуальная игра «Zakovat brayn» по произведениям писателей.

Также у памятника писателя было организовано просветительское мероприятие, на котором были показаны сцены из произведений писателя, прозвучали стихи, написанные писателем. Сотрудники Союза писателей Узбекистана, Республиканского центра духовности и просветительства, дома-музея Гафура Гуляма, ученые предоставили молодежи информацию о жизни и творчестве писателя.

В завершение мероприятия студенты и сотрудники, активно пропагандирующие жизнь и творчество Гафура Гулама, были награждены специальной стипендией и нагрудным знаком имени писателя.

Кроме того, команда ТГЮУ провела мероприятия в Доме-музее Гафура Гуляма.

——————————


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram