January 29

#trening #тренинг #training

“Yuridik klinikada fuqarolarni qabul qilish ko‘nikmalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

“Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi” doirasida Buxoro davlat universiteti Yuridik klinikasi volontyor talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi rahbari, professor Otabek Narziyev olib bordi.

Trening davomida volontyorlarga Yuridik klinikada fuqarolarni qabul qilish va bepul huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Otabek Narziyev Buxoro viloyat yuridik texnikumida “Yuridik klinika amaliyot maktabi” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ham ishtirok etdi.

Tadbirlarda yoshlar orasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashuvchi yuridik klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

_____________________

В Юридической клинике проведен семинар-тренинг на тему «Навыки приема граждан в Юридической клинике»

В рамках проекта «Организация работы юридической клиники, оказывающей помощь молодежи из социально уязвимых групп» был проведен тренинг для волонтеров Юридической клиники Бухарского государственного университета. Тренинг провел руководитель Юридической клиники Ташкентского государственного юридического университета, профессор Отабек Нарзиев.

В ходе тренинга волонтерам были даны рекомендации по приему граждан в Юридической клинике и предоставлению бесплатной юридической помощи.

Кроме того, Отабек Нарзиев принял участие в круглом столе на тему «Юридическая клиника – школа практики» в Бухарском областном юридическом техникуме.

На мероприятиях особое внимание было уделено вопросам повышения правовой осведомленности и культуры среди молодежи, а также развитию и расширению деятельности юридических клиник, которые помогают решать проблемы молодежи из социально уязвимых групп.

_____________________

A training seminar on the topic of "Reception skills for citizens in the Legal Clinic" was held at the Legal Clinic

As part of the project "Organization of the work of the legal clinic providing assistance to young people from socially vulnerable groups", a training was held for volunteers of the Legal Clinic of Bukhara State University. The training was conducted by Professor Otabek Narziev, the head of the Legal Clinic of Tashkent State University of Law.

During the training, volunteers were given recommendations on receiving citizens in the Legal Clinic and providing free legal assistance.

In addition, Otabek Narziev took part in a round table discussion on the topic of "Legal Clinic - School of Practice" at Bukhara Regional Law College.

At the events, special attention was paid to issues of increasing legal awareness and culture among young people, as well as the development and expansion of the activities of legal clinics that help solve the problems of young people from socially vulnerable groups.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram