#yangilik #новости #news


Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar TDYUning boshqarma va bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti tashabbusi bilan sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun Tanishtiruv haftaligi (Orientation Week) o‘tkazilmoqda.

Haftalikning to‘rtinchi kunida ishtirokchilar universitetning Ilmiy boshqarmasi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi, TDYU Media markazi, Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi, Axborot-resurs markazi, Marketing bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Bundan tashqari, talabalarga jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Orientation Weekning beshinchi kunida talabalar hamda universitetning professor-o‘qituvchilari uchrashuvi tashkil etiladi.

Shuningdek, kun davomida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat hamda Adiblar xiyobonida ulug‘ adib va shoir G‘afur G‘ulom haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

——————————

Студенты заочной формы обучения ознакомились с деятельностью управлений и отделов ТГЮУ

Как вы знаете, в Ташкентском государственном юридическом университете по инициативе факультета магистратуры и заочного образования проводится Orientation Weeking для студентов заочной формы обучения.

В четвертый день недели студенты ознакомились с деятельностью Научного управления, Управления международного сотрудничества, отдела по связям с общественностью и СМИ, Медиацентра ТГЮУ, Центра обслуживания студентов, Информационно-ресурсного центра, отдела маркетинга, а также получили ответы на интересующие их вопросы.

Кроме того, участникам предоставлена информацию о работе, которая проводится в направлении физического воспитания и спорта.

В пятый день Orientation Weekning будет проведена встреча студентов и профессорско-преподавательского состава университета.

В течение дня планируется организовать экскурсию в Государственный музей истории Темуридов, духовно-просветительских мероприятий у памятника писателя и поэта Гафура Гуляма на Аллее литераторов.

——————————

Students of the part-time education got acquainted with the activities of departments and divisions of Tashkent State University of Law

As you know, the Orientation Week for the students of the part-time form of education is organized at Tashkent State University of Law on the initiative of the Faculty of Master's and Part-time Education.

On the fourth day of the week, students got acquainted with the activities of the Academic Department, International Cooperation Department, Department of Public Relations and Mass Media, Media Center of Tashkent State University of Law, Students Service Center, Information Resource Center, Marketing Department, and got answers to their questions.

In addition, the participants were provided with information on the work that is carried out in the direction of physical education and sports.

On the fifth day of Orientation Week, there will be held a meeting of students and faculty of the university.

During the day, a tour of the State Museum of the History of Timurids, spiritual and educational activities at the monument of writer and poet Gafur Gulyam in the Alley of Writers will be organized.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram