#dayjest #дайджест #digest
TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti
Professor Said Gulyamov raqamli platformalarni tartibga solish mavzusida ma’ruza o’tkazdi
Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Said Gulyamov “Law of the Digital Economy” dasturi doirasida “Yirik platformalarni antimonopol qonun yoki boshqa maxsus mexanizmlar orqali nazorat qilish” mavzusida mehmon ma’ruzasi bilan chiqish qildi.
O’z ma’ruzasida professor Gulyamov raqamli bozorlarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berdi, an’anaviy antimonopol yondashuvlarni yangi maxsus tartibga solish mexanizmlari (Digital Markets Act kabi) bilan taqqosladi, hamda Yevropa tartibga solishining boshqa yurisdiksiyalarga global ta’sirini tahlil qildi. DMAni amalga oshirishning amaliy jihatlari va ushbu aktning klassik antimonopol qonun bilan o’zaro ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg ‘ulotlar noan’anaviy tarzda o‘tkazildi
Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sayidkomil Ibodullayev "Sport huquqi" yo‘nalishi magistrantlari uchun "Professional sport tashkilotlari huquqi", "Sport sohasidagi nizolarni ko‘rib chiqilishi", "Sportdagi kelishilgan o‘yinlar", "Sport bukmekerlik va vositachilik faoliyatining huquqiy tartibga solinishi" kabi modullar doirasida ma’ruza va seminar dars mashg‘ulotlari olib bordi.
Dars mashg‘ulotlarida o‘qitish metodikasining noan’anaviy usullaridan foydalanilgan bo‘lib, xususan IELTS uslubiyoti (headings matching, gap-filling), mooting (sud protsessi simulyatsiyasi), debatlar (CUDC misolida), geymifikatsiya (turli interfaol platformalar bilan ishlash), sport yangiliklari daydjestini olib borish kabilarni alohida ta’kidlash mumkin.
Qolaversa, talabalarni nazariy bilimlari mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini shakllantrish maqsadida sayyor dars mashg‘ulotlari ham tashkillashtirildi.
TDYU talabalarini O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayyor dars mashg'ulotlari tashkil etildi
Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor darsda universitetning birinchi bosqich talabalariga O'zbekiston Harbiy prokuraturasi mas'ullari tomonidan prokuratura faoliyati, tizimga xizmatga qabul qilish bilan bog'liq ma'lumotlar berib o'tildi.
Yakunda talabalar Harbiy prokuratura binosida ekskursiya tashkil etilib, u yerda yaratilgan sharoitlar, shu jumladan Harbiy prokuratura muzeyi, tergov poligonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Oybek Otamirzayev xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Ekologiya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Oybek Otamirzayev “Environmental rights of citizens” mavzusida onlayn ma’ruza bilan Marokashda bo‘lib o‘tgan 4th International Environmental Law Congress of World Commission on Environmental Law of International Union for Conservation of Nature konferensiyasida ishtirok etdi.
Ushbu konferensiyada jahon xalqaro ekologiya tashkilotlari vakillari, ekolog olimlari, tadqiqotchilari va amaliyotchi ekologlar qatnashishdi. Bu esa atrof muhitni asrash, ular bilan bog‘liq munosabatlar va ularni yechimlari masalalariga bag‘ishlandi.
“Huquq rivojlanisining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
Ommaviy huquq fakulteti dekani, professor Shaxzod Saydullayev va Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri, professor Maxmut Utemuratov tomonidan “Davlat va huquq nazariyasi” moduli doirasida “Huquq rivojlanisining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni “BARRISTER” advokatlik firmasi advokati Baxrom Eshmurodov olib bordi.
Mahorat darsini Sherali Yunusov olib bordi
Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, yu.f.d. A.Xakberdievning tashabbusi bilan “Iqtisodiy prosessual huquqi” moduli doirasida O‘zbekiston Xalqaro Arbitraj sudlari Birlashmasi rais o‘rinbosari Sherali Yunusov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida sud hujjatlarini ijro etish, chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida sud ishlarini yuritish va hakamlik sudlarida ishlarni ko‘rib chiqish haqida ma’lumot berildi.