May 25, 2022

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti (1-qism)

“Jinoiy odil sudlov” fakulteti talaba qizlari uchun fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Albina Tadjibayeva tashabbusi bilan “Diniy munosabatlar va ta’lim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, yuridik fan doktori Yusupova Nigora ushbu mavzuda ma’ruza bilan istirok etib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shuningdek, uchrashuvda “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professorlari D.Suyunova, G.Tulaganova, D.Bazarova ham o‘zlarining ilmiy, amaliy va hayotiy maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori Igor Kudryavtsev va davlat-huquqiy faoliyat yo‘nalishining 2-bosqich talabalari Sergeli tumanidagi 47-maktabga tashrif buyurdi.

Tashfir doirasida 8- va 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarni kasbga yoʻnaltirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etilib, mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassalari haqida maʼlumot berildi.

“Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tomonidan “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

TDYU sirtqi ta’lim shakli rus guruh talabalari uchun o‘tkazilgan mahorat darsini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i O‘.Nazarov, Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi boshlig‘i N.Tillayev hamda Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Xalturdiyev olib bordi.

Mashg‘ulot davomida talabalar mazkur organ faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Adliya vazirligi rahbar xodimlaridan javob oldi.

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori K.Abdurasulova ishtirokida “Anti-corruption and compliance” ilmiy to‘garagi a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Talabalarda maqola va tezis yozish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan mashg‘ulotda ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofis va filial xodimlari uchun 9 may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Buyuk allomalarga ehtirom. Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Shohjahon Toshpo‘latov qatnashib, ishtirokchilarga 9-mayning bugungi kundagi ahamiyati, o‘zbek xalqining mehr-muruvvati, mudhish urushdagi siyosiy pozitsiyasi xususida to‘xtalib, hozirgi paytda mehnat frontida ishtirok etgan moʼtabar faxriylarimizga yuksak eʼtibor va alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani qayd etdi.

“Magistratura va sirtqi taʼlim” fakulteti “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti Yunusova Minovvarxon Sergeli tumanidagi 349-maktabning 11-sinf oʻquvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

“Huquqiy masalalarni algoritmi va elektron jadvaldagi natijalari” mavzusidagi mashg‘ulotda oʻquvchilariga algoritmning xossalari va turlari, huquqiy masalalari algoritmini tuzish va elektron jadvalda natijalar olish boʻyicha maʼlumot berildi.

“Magistratura va sirtqi taʼlim” fakulteti “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Dilnavoz Tadjibayeva, Minovvarxon Yunusova, Xabiba Oblamurodova va Damir Abdulov Sergeli tumanidagi 349-maktabga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Taʼlimda pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Interfaol metodda olib borilgan mahorat darsida darslarni tashkillashtirishda o‘quv maqsadlarining to‘g‘ri qo‘yilishi va pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, jahon pedagogikasida keng qo‘llanib kelinayotgan Blum taksonomiyasidan foydalanish imkoniyatlari xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Sinkveyn metodining ijobiy ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tildi.

“Umumta'lim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sergeli tumanidagi 349-maktab oʻqituvchilarining dars jarayoni tahlili amalga oshirildi.

Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gavhar Ismoilova tomonidan 8-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan “Ona tili” darsi davomida professor-o‘qituvchilar oʻqituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishilgani, darsning qiziqarli olib borilgani, o‘quvchilarning faol ishtiroki e’tirof etildi.

Shuningdek, dars jarayonida Blum taksonomiyasining yuqori bosqichlari: sintez va baholashdan ham foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, y.f.d. S.Niyozova, dotsent v.b. F.Fozilov tomonidan 2-bosqich 9-guruh va 3-guruh o‘quvchilari uchun “Shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik ” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda talabalar uchun mavzu yuzasidan foydali ma’lumotlar berildi.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti v.b. Shahnoza Ziyamuxamedova Xalqaro ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan IV “International World of Turk’s Symposium of Social Sciences” Turkiya simpoziumida o‘zbek tili seksiyasiga moderatorlik qildi hamda “Bobur g‘azallarining leksikasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, ushbu kafedra dotsenti v.b. Umida Po‘latova ham ushbu simpoziumda ishtirok etib, “Эссе как один из видов работ по формированию у студентов-юристов навыков владения письменной юридической речью” mavzusida ma’ruza qildi.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dosentlari N.Ramazonov va N.Bozorova tomonidan “Davlat tilida ish yuritish – akademik yozuv” modulidan “Jinoyat va jazo: Raskolnikov nazariyasi” mavzusida binar dars o‘tildi.

“Ommaviy huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotda roman bosh qahramoni Rodion Romanovich Raskolnikov sodir etgan jinoyatning ijtimoiy, axloqiy, tarixiy sabablari qizg‘in bahs munozaralar asosida tahlil etildi.

“Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Asal Jurayeva tashabbusi bilan “Jinoiy odil sudlov” fakultetining 2-bosqich A potok 1-guruh hamda “Xususiy huquq” fakultetining B potok 3-guruh talabalari Toshkent shahar ma’muriy sudi binosiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar sud protsessi jarayonlarida qatnashdi.

Shuningdek, shahar ma’muriy sudi raisi o‘rinbosari G‘.Davlatov, sudyalar A.Xojiyev va S.Raxmudinov bilan davra suhbati tashkil etilib, talabalarga ma’muriy sud ishlarini yuritish tartib-tamoyillari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

“Ommaviy huquq” fakulteti xotin-qizlar Kengashi raisi hamda “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti v.b. O.Karaxodjaeva Adliya vazirligi tomonidan gender tengligi masalasida tashkillashtirilgan seminar-trening doirasida “Ayollar va bolalarni oiladagi huquqlari” mavzusida trening o‘tkazdi.
“Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sergeli tumanidagi 300- va 301-umumta’lim maktablari mas’ullari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xorijiy tillarni o‘qitish borasida maktab o‘qituvchilari bilan istiqbolli rejalar tuzildi, qator muammolar tahlil qilinib, tegishli yechimlar berildi.

“Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsent v.b. Dilnavoz Tadjibayeva Toshkentda oʻtkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

D.Tadjibayeva forum doirasida koʻp millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalasida qonun ustuvorligini taʼminlash, turli din vakillari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hurmatni mustahkamlash boʻyicha ilgʻor amaliyot bilan tanishish yuzasidan o‘tkazilgan “Diniy savodxonlik va global xavfsizlik” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda qatnashib, sertifikatga ega boʻldi.

“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b. Firuza Husainova tashabbusi bilan “Особенности ведения переговоров на современном этапе” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Правовые навыки и методология” modulidan “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 1-bosqich A potok 1-guruh talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Elnora Inamjonova olib bordi.