#yangilik #новость #news
TDYU jamoasi xalqaro “Legathon MaxUP — 2025” musobaqasida ishtirok etdi
Ostona shahrida Maqsut Narikbayev universiteti (MNU) tomonidan birinchi “Legathon MaxUP — 2025” tanlovi o‘tkazildi.
Mintaqadagi talabalarni dolzarb huquqiy muammolarni muhokama qilish va hal etishga jalb qilish, talabalarda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil etilgan musobaqada Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti professori Otabek Narziyev boshchiligidagi Dilafruz Hasanova, Sevara Xamrayeva, Nodira Abdusattorova va Sherzod Nabiyevdan iborat TDYU jamoasi tanlovning saralash bosqichida 24 ta jamoa orasida 2-o‘rinni egallab, xalqaro Legathonning asosiy bosqichida qatnashdi.
“Case Study” formatida o‘tkazilgan tanlovning birinchi qismida jamoa a’zosi Nodira Abdusattorova kazuslarni yechishda eng yaxshi natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Sevara Xamrayeva Legathonning birinchi kuni doirasida o‘tkazilgan viktorinada o‘zining bilimi, zukkoligi va tez qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etib, tanlov sovrindori bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: TDYU jamoasini tanlovda tayyorlashda Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Madina Yakubova yaqindan yordam berdi.
Команда ТГЮУ приняла участие на международном Legathon MaxUP — 2025
В Астане прошел первый Legathon MaxUP — 2025, организованный Maqsut Narikbayev University.
В соревнованиях, направленных на вовлечение студентов региона в обсуждение и решение актуальных правовых проблем, развитие у студентов навыков проектной командной работы, а также создания студенческого нетворкинга и установлению дружеских связей между обучающимися, приняли участие 9 команд из вузов Казахстана, России, Кыргызской Республики и Узбекистана.
Команда ТГЮУ под руководством профессора Ташкентского государственного юридического университета Отабека Нарзиева, состоящая из студентов Диляфруз Хасановой, Севары Хамраевой, Нодиры Абдусатторовой и Шерзода Набиева в отборочном туре заняла второе место среди 24 вузов и приняла участие в основном туре международного Легатона.
Член команды Нодира Абдусаттарова выиграла первую часть конкурса, провеленного в формате Case Study, показав наилучший результат при решении казусов.
Севара Хамраева стала призером квиза, проведенного в рамках первого дня Легатона, продемонстрировав свои знания, смекалку и навык быстрого принятия решений.
Для справки: непосредственную помощь команде ТГЮУ в подготовке к конкурсу оказала преподаватель кафедры киберправа, PhD Мадина Якубова.
The team of TSUL has participated in the International Legathon MaxUP — 2025
The first Legathon MaxUP — 2025, organized by Maqsut Narikbayev University, was held in Astana.
The competition aimed to engage students from the region in discussing and solving current legal issues, developing teamwork skills, and fostering student networking and friendships. Nine teams from universities in Kazakhstan, Russia, the Kyrgyz Republic, and Uzbekistan took part.
The TSUL team, led by Professor Otabek Narziev from Tashkent State University of Law and consisting of students Dilyafruz Khasanova, Sevara Khamraeva, Nodira Abdusattorova, and Sherzod Nabiev, took second place in the qualifying round among 24 universities and advanced to the main round of the international Legathon.
Team member Nodira Abdusattorova won the first part of the competition, which was held in a Case Study format, achieving the best result in solving legal cases.
Sevara Khamraeva became a prize-winner in the quiz held on the first day of the Legathon, demonstrating her knowledge, quick thinking, and decision-making skills.
For reference: The TSUL team received direct support in preparing for the competition from Madina Yakubova, PhD, a lecturer at the Department of Cyber Law.