April 26

#konferensiya #конференция #conference


TDYUda “Intellektual mulkni huquqiy tartibga solish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

“2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish Strategiyasi”ning tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni”ni munosabati bilan o‘tkazilayotgan anjuman 26-aprel 14:00 da TDYU 1-bino 203-xona (Kengash majlislari xonasi)da boshlanadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi hamda Intellektual mulk huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda TDYU professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi, Patent vakillari assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, London Brunel universiteti (Buyuk Britaniya), Oksford universitetining Regents Park kolleji professorlari va boshqa xorijiy ekspertlar ishtirok etadi.

Konferensiya doirasida ilmiy-amaliy materiallar to‘plami (tezislar) nashr etilishi rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z ilmiy ishlarini chop etishni istaganlar Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Tillaboyev Shohruxbek (https://t.me/Shohruh_TM Telegram manzili)ga murojaat qilishlari va 15-mayga qadar ilmiy materiallarini yuborishlari mumkin.

Anjumanda quyidagi ZOOM-link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/3574354336?pwd=UHJUd2FORVpZWEdUcmJiWkVkMllmUT09

Tezislarga qo‘yiladigan talablar:

– tezis matni tahrir qilingan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, tezislar elektron variantda qabul qilinadi;
– tezis matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda bo‘lishi lozim;
– tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar;
– fayl nomi, tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Toshkent davlat yuridik universitetidan bo‘lsa “TDYU, Sh.Aliyev” nomi bilan) nomlanishi lozim.
– annotatsiya va kalit so‘zlar yozilmaydi.

Anjuman materiallari elektron shaklda insonhuquqlari.uz, tsul-library.uz saytlarida joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.

——————————

В ТГЮУ будет проведена международная научно-практическая конференция на тему «Проблемы правого регулирования интеллектуальной собственности

Конференция, организованная в соответствии со Стратегией развития сферы интеллектуальной собственности в Республике Узбекистан на 2022 — 2026 годы, в целях обеспечения выполнения задач, определенных в программы мероприятий, а также в связи с Международным днем интеллектуальной собственности, пройдет 26 апреля в 14:00 в зале заседаний здания №1 ТГЮУ.

В данном мероприятии в качестве спикеров выступят с докладами эксперты ТГЮУ, представители Центра повышения квалификации юристов при Министерстве юстиции, Палаты по защите авторских прав работников искусства, творческих деятелей и исполнителей Республики Узбекистан, Ассоциации патентных поверенных, а также зарубежные эксперты из  Лондонского Университета Брунеля (Великобритания), колледжа Риджентс-Парк Оксфордского университета и другие.

В рамках данной конференции планируется публикация сборника материалов (тезисов). Желающие могут подать свои работы преподавателю кафедры международного права и прав человека Тиллабоеву Шохрухбеку по телеграм-адресу https://t.me/Shohruh_TM до 15 мая.

Принять участие в конференции можно по следующей ZOOM-ссылке: https://us02web.zoom.us/j/3574354336?pwd=UHJUd2FORVpZWEdUcmJiWkVkMllmUT09

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram