April 25, 2022

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

“Umumtaʻlim fanlar va madaniyat” kafedrasi dosenti Barno Farmonova tashabbusi bilan “Huquqiy etika va professional javobgarlik” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotni TDYU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, yuridik fanlari doktori Islambek Rustambekov olib bordi.

Mahorat darsida huquqiy etika – bu huquqshunoslarning xulq-atvor qoidalari majmuini tashkil etuvchi, ular mehnatining axloqiy xususiyatlari va ishdan tashqari vaqtdagi xatti-harakatlarini ta’minlovchi, shuningdek, axloq talablarni amalga oshirishning o‘ziga xos mexanizmi ekanligini ta'kidlandi.


“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi (PhD) Q. Rozimova tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashda xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida tayyorlangan “Eng yaxshi slayd” nominatsiyasi boʻyicha tanlov oʻtkazildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens nazorat” moduli doirasida tashkil etilgan tanlov gʻoliblari faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


“Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan xalqaro huquq boʻyicha yetakchi mutaxassis Sergey Sayapin tomonidan "Xalqaro xavfsizlik huquqi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashgʻulotda Fargʻona Sirdaryo viloyati xamda Toshkent shahar yuridik texnikumlarining oʻquvchilari ham ishtirok etdi.

Mahorat darsi doirasida xalqaro huquqda kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyilining ahamiyati, xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda BMTning oʻrni, xalqaro huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.


“Umumtalim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti Minavvarxon Yunusova va oʻqituvchi Jahongir Jurayev “Axborot jamiyati va unda sun’iy intellektning oʻrni” mavzusida Sergeli tumani 351-maktab oʻquvchilari uchun mahorat darsi oʻtkazildi.

***

“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-o'qituvchilari Yunusova Minovvarxon Sabirovna va Kosbergenova Marina tomonidan "Ochiq va katta ma'lumotlarni tahlil qilishda sun'iy intellekt texnologiyalarining o'rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

"Raqamli huquqlar va ijtimoiy tarmoqdagi etika” moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari olib bordi.

Amaliyotchi mutaxassislar ochiq maʼlumotlar portalidan koʻzlangan asosiy maqsad — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligini taʼminlashi va portal nafaqat davlat boshqaruvi organlari tizimining ochiqligini taʼminlashga, balki iqtisodiyotga ham ijobiy taʼsir koʻrsatishi haqida so‘z yuritildi.


“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korruptsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti v.b. Farhod Fazilovning «Риски применения виртуальных активов в отмывании денег» nomli maqolasi Rossiyaning «Финансовое право» jurnalida chop etildi.

Ma’lumot uchun, jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga hamda Rossiya Federatsiyasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan.


“Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Azizjon Xo‘janazarov tomonidan Yashnobod tumani IIB tergovchilari ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

“Yuridik javobgarlik” mavzusidagi mashg‘ulotda talabalarga jinoiy javobgarlik, jazo, jinoyat tarkibi haqida ma'lumot berildi.


“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b. Dilafroʻz Azimova tomonidan Samarqand viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun “Tadbirkorlik va ishlab chiqarish xarajatlari mavzusida” mahorat darsi oʻtkazildi.


“Yuristlar uchun iqtisodiyot asoslari” moduli doirasida tashkil etilgan mashgʻulotda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.