October 28, 2021

#dayjest #дайджест #digest


Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

TDYU “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Toshkent davlat pedagogika institutida talabalari uchun "Tashviqot – saylovlar mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va Saylov Kodeksiga kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalar, va ularning mazmun-mohiyati haqida ma‘lumot berildi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar doktori Go‘zal Ahmedova tomonidan “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza markazida sayyor dars tashkil etildi.

Mashg‘ulotda talabalar xatshunoslik va trasologik ekspertizalari doirasida ekspertlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan universitet magistratura bosqichi talabalari ishtirokida "Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko'rib chiqish" fani bo'yicha tajribali yurist, uzoq yillar Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan, hozirgi vaqtda "Dilfuza himoya" advokatlik firmasi advokati Neʼmatjon Akbarov tomonidan "Himoyachining apellyatsiya shikoyatini berish tartibi" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, PhD Azizaxon Allanova tomonidan “Jinoyat huquqi” fani doirasida “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatida ochiq sud majlisida raislik qiluvchi Dilshod Rajabov, sudlov hayʼati sudʼyalari Elbekjon Turg‘unboyev va Odilbek Ilxomjonov ishtirokida “Hayot va sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.

TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti v.b. Albina Tadjibayeva tomonidan sayyor mahorat darsi tashkil etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontoxur tumani sudi binosida “Jinoyat-protsessual huquqi” fani bo‘yicha “Ehtiyot choralari” mavzusidagi bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotni sudya T.Yusupov olib bordi.

Mahorat darsi davomida sudya T.Yusupov tomonidan ehtiyot choralarining tushunchasi, turi, qo‘llash tartibi haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, talabalar sud muhokamalarida qatnashib nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi.


TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza Markazida “Sud xatshunoslik ekspertizasi” hamda “Sud ballistika ekspertizasi” mavzularida sayyor dars tashkil etildi.

Mashg‘ulotda ekspertlar tomonidan ushbu turdagi ekspertizalarning mazumun mohiyati bo‘yicha maʼlumot berildi.


“Yuksalish sari” klubida maqolalar yozish bo'yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotda “Moliya va ma'muriy huquq» o'qituvchisi, "Sahar" talabalar birlashmasining asoschisi Maqsudjon Abduvaliyev tomonidan olib borildi.


TDYU Talabalar turar joyida yoshlarni mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan partiyalar, ularning saylov oldi dasturlari xamda Prezident saylovi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shallantirish maqsadida "Prezident saylovi-kelajak tanlovi" shiori ostida intellektual ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 5 ta jamoa ishtirok etdi. Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin – “Adolat” sotsial demokratik partiyasi jamoasi;

2-o‘rin – Xalq demokratik partiyasi jamoasi;

3-o‘rin – Ekologik partiyasi jamoasi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati va Olmazor tumani “Yoshlik” Talabalar shaharchasi hokimiyati tomonidan diplom, faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan 3-bosqich talabalari uchun “Fuqarolik protsessul huquqi” modulidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida sayyor dars tashkil etildi.

TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o’qituvchisi Dadaxon Xudoynazarov tashabbusi bilan universitet talabalari ishtirokida Toshkent shahar FIB Shayxontohur tumanlararo sudi binosida sayyor dars tashkil etildi.

“Fuqarolik protsessual huquqi” fani doirasida “Sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlari” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotni sud raisining o’rinbosari R.Norxo’jayev olib bordi.

Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Anti-corruption and compliance” ilmiy to‘garak va ilmiy maktab aʼzolari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat” moduli doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masul xodimi Sardor Mamanov ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens-nazoratiga doir masalalar va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan maʼruza qildi.


TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Dildora Hoshimova va Nasiba Niyozovalar tashabbusi bilan “Xalqaro huquq va qiyosiy huquq” fakulteti talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish – akademik yozuv” fani doirasida “Jinoyat-protsessual hujjatlar va ularning til xususiyatlari” mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida “LEGALLY YOURS” yuridik firmasi huquqshunosi, yuridik fanlar doktori (PhD) Sanjar Sadikov ishtirok etdi.

Dars davomida qonunchilikning zamonaviy tendentsiyalari, jinoyat-protsessual hujjatlarni tayyorlashda tilning ahamiyati, shuningdek, yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashda Toshkent davlat yuridik universitetining o‘rni haqida so‘z yuritildi.


TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti v.b. Albina Tadjibayeva tomonidan sayyor mahorat darsi tashkil etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida “Jinoyat-protsessual huquqi” fani bo‘yicha “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida kurish" mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotni sudya Elbek Turg‘unboyev olib bordi.

Dars davomida sudya tomonidan jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida kurish tartibi haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, talabalar sud muhokamalarida qatnashib nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi.


TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan “Xalqaro gumanitar huquq va Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi” mavzusida "Xalqaro tashkilotlar huquqi" fani doirasida mahorat darsi tashkil etildi.

“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotni Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi huquqiy maslahatchisi Marat Aminov olib bordi.

Dars davomida mutaxassis qo‘mitaning tashkil etilishi, tarixi, bugungi faoliyati va uning asosiy yo‘nalishlari xususida ma’lumot berdi.

Yakunda M.Aminov faol talabalarga xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha kitoblar va to‘plamlarni taqdim etdi.


TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda “Biznes va inson huquqlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbirda TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari, Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d. Tolibjon Umarov, Toshkent shahar Olmazor tuman prokurori Oybek Mannanov, Olmazor tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Zafar Bobonov, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Uslubiy maslahat kengashi raisi, yu.f.d. Bahrom Salomov ishtirok etdi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram