March 27, 2024

#tadbir #мероприятие #event


“Islohotlarga daxldorman!” — yoshlar yoshlarga o‘rgatmoqda

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Islohotlarga daxldorman!” targ‘ibot aksiyasiga start berilgan edi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun- mohiyatini joylardagi yoshlarga yetkazish, aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida islohotlarning yoshlarga samarali yetib borishini ta’minlash va yoshlarda Vatan taraqqiyotiga daxldorlik, ijtimoiy faollik, to‘g‘ri talqin qila olish tuyg‘ularini singdirish, ularga maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, bilim olishga, malakali kadrlar sifatida shakllanishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan loyiha avvalida har bir hudud kesimida yoshlarning “ichiga” kira oladigan 5 nafar iqtidorli talabadan iborat targ‘ibot guruhlari tuzildi.

Shuningdek, har bir hududdagi yuridik texnikumlarning iqtidorli va ijtimoiy faol bo‘lgan o‘quvchilaridan iborat 10 kishilik qo‘shimcha targ‘ibot guruhlari ham shakllantirildi.

Targ‘ibot guruhlarini shakllantirishda talaba-o‘quvchilarda targ‘ibot qilish ko‘nikmasining mavjudligi, joylardagi yoshlarni o‘zlariga qarata olish qobiliyatiga egaligi, ularning talaba-o‘quvchilarning huquqiy bilimlari hamda mamlakatimizda olib borilayotgan so‘nggi islohotlardan va yangiliklardan xabardorligi, shuningdek, notiqlik qobiliyatining yetarli darajada ekani hamda milliy g‘urur va yuksak Vatanparvarlik ruhining mavjudligiga alohida e’tibor qaratildi.

Dastlab universitetda targ‘ibot guruhlari uchun TDYU professor-o‘qituvchilari va malakali targ‘ibotchilar tomonidan 2 kunlik o‘quv seminari hamda 2 kunlik amaliy darslar tashkil etildi. Seminar davomida joylarda targ‘ibot tadbirlarini maqsadli tashkil etish, yoshlarga islohotlar mazmun-mohiyatini tizimli va ta’sirchan yetkazish, targ‘ibotlar orasida turli interaktiv o‘yinlar tashkil etish orqali barcha yoshlarning ijtimoiy faolligini va daxldorligini oshirish hamda ularni to‘liq qamrab olish, yoshlar bilan muloqot maydonini shakllantirish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.

Bu jarayonda hududlardagi targ‘ibot guruhlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Kuni kecha barcha targ‘ibot guruhlari hududlarga jo‘nab ketgan bo‘lsa, bugundan respublikamizning barcha hududlarida targ‘ibot tadbirlari boshlandi.

Tadbirlar davomida targ‘ibot guruhlari tomonidan turli uchrashuvlar, interaktiv o‘yinlar va viktorinalar tashkil etilib, “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida huquqiy targ‘ibot amalga oshirilmoqda. Aksiya ishtirokchilari mamlakatimizdagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga targ‘ibotchi yoshlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.

Quyida 26-mart kuni “Islohotlarga daxldorman!” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumi;
— Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.

Andijon viloyati:

— Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi;
— Zahiriddin Muhammadbobur nomidagi Andijon davlat universiteti amaliy matematika va fizika fakulteti;

Buxoro viloyati:

— Buxoro tabiiy resusrlar instituti;
— Buxoro davlat universiteti.

Jizzax viloyati:

— Arnasoy tumanidagi “Bo‘ston” MFY 13-maktab;
— Baxmal 1-sonli kasb-hunar kolleji;
— Zarbdor tumanidagi “Sharq Yulduzi” MFY 31-IDUM;
— Paxtakor tumanidagi “Do‘stlik” MFY 9-maktab;
— Jizzax politexnika universiteti.

Qashqadaryo viloyati:

— Qarshi muhandislik iqtisodiyot universiteti;
— Qarshi axborot-texnologiyalari universiteti filiali litseyi.

Namangan viloyati:

— Namangan muhandislik-qurilish instituti;|
— Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Ishoqxon Toʻra Ibrat nomidagi davlat chet tillari instituti.

Samarqand viloyati:

— Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
— Samarqand shahridagi “Yoshlar” MFY.

Sirdaryo viloyati:

— Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi;
— Guliston davlat universiteti.

Surxondaryo viloyati:

— Termiz shahridagi “Farhod” MFY;
— Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.

Farg‘ona viloyati:

— Farg‘ona shahridagi “Sh.Rashidov” MFY, “Iftihor” MFY, “Shodiyona” MFY, “A.Navoiy” MFY, “Doʻstlik” MFY, “Nodirabegim” MFY, “Parvoz” MFY, “Gulzor” MFY;
— Farg‘ona tumanidagi “Xonqiz” MFY, “Oʻzbekiston” MFY, “Qoʻrgʻontepa” MFY, “Maydon” MFY, “Yangi yoʻl” MFY, “Konchilar” MFY;
— Marg‘ilon shahridagi “Charogʻon” MFY, “Goʻriavval” MFY, “Chilonzor” MFY, “A.Navoiy” MFY, “Toshloq tepa” MFY, “Chorchinor” MFY;
— Quvasoy shahridagi “A.Navoiy” MFY, “Huvaydo” MFY, “M.Ulugʻbek” MFY, “Choʻlpon” MFY, “A.Temur” MFY.

Xorazm viloyati:

— Xorazm viloyat yuridik texnikumi.

Toshkent viloyati:

— Qibray tumanidagi kasb-hunar maktabi, “Oq oltin” MFY, “Botanika” MFY, “Uzumzor” MFY, “Darxon” MFY, “O‘tkir” MFY.

Toshkent shahri:

— “Star” xalqaro universiteti;
— Geologiya universiteti.

——————————

«Ислохотларга дахлдорман!» – молодежь обучает сверстников

Как вы знаете, Министерством юстиции совместно с Ташкентским государственным юридическим университетом запущена пропагандистская акция «Ислохотларга дахлдорман!».

В начале проекта, организованного в целях донесения до молодежи на местах сути проводимых в стране масштабных реформ, дальнейшего повышения правовых знаний населения, особенно молодежи, обеспечения эффективного донесения до молодежи сути реформам по принципу «сверстник-сверстнику», формирования у молодежи чувства сопричастности к процветанию Родины, социальной активности, содействия в постановке правильных целей, получении знаний и формировании квалифицированных кадров, созданы пропагандистские группы из 5 талантливых студентов, которые могут выстроить со сверстниками из регионов открытый диалог.

Дополнительно были сформированы группы по 10 человек, состоящие из талантливых и социально активных студентов юридических техникумов каждого региона.

При формировании пропагандистских групп особое внимание уделялось наличию у студентов пропагандистских навыков, способности привлечь к себе местную молодежь, их правовым знаниям и осведомленности о последних реформах и новостях в нашей стране, а также уровню ораторских способностей, чувству национальной гордости и высокому духу патриотизма.

Сначала профессорско-преподавательским составом ТГЮУ и квалифицированными пропагандистами в университете был организован двухдневный семинар, а также двухдневные практические занятия. В ходе семинара была предоставлена полезная информация о целенаправленной организации пропагандистских мероприятий на местах, системном и действенном доведении до молодежи содержания реформ, повышении социальной активности и вовлеченности всех молодых людей посредством организации различных интерактивных игр, формировании площадки для общения с молодежью.

Пропагандистские группы, сформированные в регионах, также участвовали в этом процессе онлайн.

Вчера все группы выехали в регионы, а сегодня пропагандистские мероприятия начались во всех регионах нашей республики.

В ходе мероприятий группы организуют различные встречи, интерактивные игры и викторины, а правовая пропаганда осуществляется по принципу «сверстник-сверстнику». Участники акции получают полезную информацию о сути реформ в нашей стране, а также получают ответы на интересующие их вопросы.

Ниже вы можете ознакомиться с локациями, по которым проводились мероприятия в рамках акции «Ислохотларга дахлдорман!».

Республика Каракалпакстан:

— Юридический техникум Республики Каракалпакстан;
— Нукусский филиал Государственного института искусства и культуры Узбекистана.

Андижанская область:

— хокимият Кургонтепинского района;
— факультет прикладной математики и физики Андижанского государственного университета имени Захириддина Мухаммада Бабура.

Бухарская область:

— Бухарский институт природных ресурсов;
— Бухарский государственный университет.

Джизакская область:

— школа №13, махалля «Бустон» Арнасайского района;
— Профессиональный колледж №1, г. Бахмал;
— специализированная школа №31, махалля «Шарк Юлдузи» Зарбдарского района;
— школа №9, махалля «Дустлик» 9 МФГ Пахтакорского района;
— Джизакский политехнический университет.

Кашкадарьинская область:

— Каршинский инженерно-экономический университет;
— Лицей филиала Каршинского университета информационных технологий.

Наманганская область:

— Наманганский инженерно-строительный институт;
— Государственный институт иностранных языков имени Исхокхона Ибрата в Туракурганском районе.

Самаркандская область:

— Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий;
— махалля «Ёшлар» в Самарканде.

Сырдарьинская область:

— Юридический техникум Сырдарьинской области;
— Гулистанский государственный университет.

Сурхандарьинская область:

— махалля «Фарход» в Термезе;
— Термезский институт агротехнологий и инновационного развития.

Ферганская область:

— махалли «Ш.Рашидов», «Ифтихор», «Шодиёна», «А.Навои», «Дустлик», «Нодирабегим», «Парвоз», «Гулзор» в городе Фергане;
— махалли «Хонкиз», «Узбекистан», «Кургантепа», «Майдон», «Янги Йул», «Кончилар» в Ферганском районе;
— махалли «Чарогон», «Гуриаввал», «Чиланзор», «А.Навои», «Тошлок тепа», «Чорчинор» в городе Маргилане;
— махалли «А.Навои», «Хувайдо», «М.Улугбек», «Чулпон», «А.Темур» в городе Кувасае.

Хорезмская область:

— Юридический техникум Хорезмской области.

Ташкентская область:

— Профессиональная школа Кибрайского района, махалли «Ок олтин», «Ботаника», «Узумзор», «Дархан», «Уткир».

Город Ташкент:

— Международный университет «Star»;
— Университет геологических наук.

——————————

“Islohotlarga daxldorman!” – youth teach peers

As you know, the Ministry of Justice, together with Tashkent State University of Law, launched the propaganda campaign “Islohotlarga daxldorman!”

At the beginning of the project, organized with the aim of conveying to young people locally the essence of the large-scale reforms being carried out in the country, further increasing the legal knowledge of the population, especially young people, ensuring effective communication of the essence of reforms to young people on a peer-to-peer basis, creating among young people a sense of ownership of prosperity Homeland, social activity, assistance in setting the right goals, gaining knowledge and forming qualified personnel, propaganda groups of 5 talented students have been created who can build an open dialogue with their peers from the regions.

Additionally, groups of 10 people were formed, consisting of talented and socially active students from law colleges in each region.

When forming propaganda groups, special attention was paid to the students' propaganda skills, ability to attract local youth, their legal knowledge and awareness of the latest reforms and news in our country, as well as the level of oratorical abilities, a sense of national pride and a high spirit of patriotism.

First, the teaching staff of TSUL and qualified propagandists at the university organized a two-day seminar, as well as two-day practical classes. During the seminar, useful information was provided on the targeted organization of local propaganda events, systematic and effective communication of the content of reforms to young people, increasing social activity and involvement of all young people through the organization of various interactive games, and the formation of a platform for communication with young people.

Propaganda groups formed in the regions also participated in this process online.

Yesterday, all groups headed to the regions, and today propaganda events began in all regions of our republic.

During the events, the groups organize various meetings, interactive games and quizzes, and legal propaganda is carried out on a peer-to-peer basis. Participants of the action receive useful information about the essence of reforms in our country, and also receive answers to their questions.

Below you can see the locations where events were held as part of the «Islohotlarga daxldorman!» campaign.

Republic of Karakalpakstan:

— Law College of the Republic of Karakalpakstan;
— Nukus branch of the Institute of Art and Culture of Uzbekistan.

Andijan region:

— khokimiyat of Kurgontepa district;
— Faculty of Applied Mathematics and Physics of Andijan State University named after Zahiriddin Muhammad Babur.

Bukhara region:

— Bukhara Institute of Natural Resources;
— Bukhara State University.

Jizzakh region:

— school No. 13, «Buston» mahalla, Arnasay district;
— Vocational College No. 1, Bakhmal;
— specialized school No. 31, «Sharq Yulduzi» mahalla, Zarbdar district;
— school No. 9, mahalla «Dustlik» 9 mahalla, Pakhtakor district;
— Jizzakh Polytechnic University.

Kashkadarya region:

— Karshi state university of Engineering and Economics;
— Lyceum under the branch of Karshi University of Information Technologies.

Namangan region:

— Namangan Institute of Civil Engineering;
— State Institute of Foreign Languages ​​named after Ishokhon Ibrat in the Turakurgan region.

Samarkand region:

— Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology;
— «Yoshlar» mahalla in Samarkand.

Syrdarya region:

— Law College of Syrdarya region;
— Gulistan State University.

Surkhandarya region:

— Farkhod mahalla in Termez;
— Termez Institute of Agricultural Technologies and Innovative Development.

Fergana region:

— mahallas «Sh.Rashidov», «Iftikhor», «Shodiyona», «A. Navoi», «Dustlik», «Nodirabegim», «Parvoz», «Gulzor» in the city of Fergana;
— mahallas «Khonkiz», «Uzbekistan», «Kurgantepa», «Maidon», «Yangi Yul», «Konchilar» in the Fergana region;
— mahallas «Charogon», «Guriavval», «Chilanzor», «A.Navoi», «Toshlok Tepa», «Chorchinor» in the city of Margilan;
— mahallas «A.Navoi», «Khuvaido», «M.Ulugbek», «Chulpon», «A.Temur» in the city of Kuvasay.

Khorezm region:

— Law College of Khorezm region.

Tashkent region:

— Vocational school of Kibray district, mahalla «Oq oltin», «Botanika», «Uzumzor», «Darkhan», «Utkir».

Tashkent city:

— International University «Star»;
— University of Geological Sciences.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram