May 7, 2022

#yangilik #новости #news


Ilmiy munozarada mamlakatimizning qator hududlarida yuqori ishsizlikni bartaraf qilish masalalariga e’tibor qaratildi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Qonunchilikni isloh qilishda olimlar va mutaxassislarning roli: O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi misolida” mavzusida ilmiy munozara tashkil etildi.

Erkin va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan anjumanda TDYU professor-o‘qituvchilari, milliy va xorijiy mutaxassislar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Demokratiya va inson huquqlari instituti, UNWTO huzuridagi Ipak yo‘li idorasi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ilmiy munozara o‘tkazish, bu borada tegishli taklif va ilmiy xulosalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan munozarada xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yanada rivojlantish, sohaning ijtimoiy-siyosiy faolligini, xususan, bu yo‘nalishda ilmiy va amaliy bilimlarning rolini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ilmiy munozara davomida mehnat migratsiyasi aholini yuqori haq to‘lanadigan ishlarni tanlash orqali bandlikni ta’minlashning muhim sohasiga aylanayotgani alohida qayd etilib, mamlakatimizning qator hududlarida yuqori ishsizlikni bartaraf qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Anjuman davomida mutaxassislar tomonidan sohani yanada rivojlantirish, uchrayotgan muammolarni bartaraf etish borasida ilmiy yondashuvlarga asoslangan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

——————————

Научная дискуссия была посвящена ликвидации высокой безработицы в ряде регионов страны

В Ташкентском государственном юридическом университете состоялась научная дискуссия на тему «Роль ученых и специалистов в законодательной реформе: на примере проекта Закона Республики Узбекистан «О внешней трудовой миграции».

В мероприятии, организованном в форме открытого диалога, приняли участие преподаватели ТГЮУ, отечественные и зарубежные специалисты, представители Института проблем законодательства и парламентских исследований при Олий Мажлисе Республики Узбекистан, Министерства занятости и трудовых отношений, Института демократии и прав человека, организации «Ипак йули» при UNWTO, Государственного комитета по делам семьи и женщин.

В ходе дискуссии, организованной в целях проведения научной дискуссии по реализации задач, определенных Указом Президента Республики Узбекистан от 28 января 2022 года «О Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы», внесения соответствующих предложений и научных выводов, обсуждены вопросы обеспечения безопасной, упорядоченной и законной трудовой миграции и дальнейшего развития эффективной миграционной политики, повышения общественно-политической активности отрасли, в частности, роль научно-практических знаний в этой сфере.

В ходе научной дискуссии было отмечено, что трудовая миграция становится важной сферой занятости за счет выбора высокооплачиваемой работы, а также уделено внимание ликвидации высокого уровня безработицы в некоторых регионах страны.

В ходе конференции специалисты внесли ряд предложений и рекомендаций, основанных на научных подходах к дальнейшему развитию отрасли, устранению существующих проблем.

——————————

The scientific discussion was devoted to the elimination of high unemployment in some regions of the country

Tashkent State University of Law conducted a scientific discussion on "The role of scientists and specialists in the legislative reform: the example of the draft law of the Republic of Uzbekistan "On external labor migration".

The event was organized in the form of open dialogue with the participation of professors of Tashkent State University of Law, national and foreign experts, representatives of the Institute of Legislation and Parliamentary Research under the Oliy Majlis, the Ministry of Employment and Labor Relations, the Institute for Democracy and Human Rights, the organization "Ipak Yuli" under UNWTO, the State Committee on Family and Women Affairs.

The discussion was organized for scientific discussion on the implementation of the tasks defined by the Presidential Decree dated January 28, 2022 "On the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026" and making relevant proposals and scientific conclusions, the issues of safe, orderly and lawful labor migration and the further development of effective migration policy, increasing the social and political activity of the sector, in particular, the role of scientific and practical knowledge in this area were discussed.

During the scientific discussion, it was noted that labor migration becomes an important sphere of employment due to the choice of highly paid jobs and attention was paid to the elimination of high unemployment rates in some regions of the country.

During the conference, experts made several proposals and recommendations based on scientific approaches for further development of the industry and elimination of existing problems.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram