elon #объявление #announcement
Anqara Yildirim Boyazid universiteti TDYU akademik mobillik talabalari uchun grant dasturini (scholarship) e’lon qilmoqda
Turkiya oliy ta’lim kengashi (YÖK) hamda Xorijdagi turklar va qardosh jamoalar boshqarmasi (YTB) xalqaro almashinuv bo‘yicha talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma dasturni e’lon qildi.
Dastur doirasida nomzod talabalardan ikki nafariga Anqara Yildirim Boyazid universitetida almashinuv asosida ta’lim olish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Ushbu dasturda ishtirok etishni istagan talabalardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi, turk yoki ingliz tilini bilishi talab etiladi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasasida stipendiya olish uchun akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 20-aprelgacha fakultet dekanatlariga taqdim etishi lozim (bunda ma’lumotlar stipendiya olish uchun ekanini ko‘rsatish kerak):
– akademik transkipt nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– tillarni bilish sertifikatlari (turk yoki ingliz tili);
– boshqa sertifikatlar;
– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.
Анкарский университет Йылдырима Баязида объявляет грантовую программу (scholarship) для студентов академической мобильности ТГЮУ
Совет по высшему образованию Турции (YÖK) и Управление по делам турок за рубежом и связанных с ними сообществ (YTB) запустили совместную программу финансовой поддержки студентов по международному обмену.
В рамках программы будет оказана финансовая поддержка двум из номинированных студентов для обучения по обмену в Анкарском университете Йылдырима Баязида.
Для участия в этой программе кандидаты должны иметь средний балл по GPA не ниже 80%, знание турецкого или английского языков.
Кандидаты на обучение по программе академической мобильности для получения стипендии в зарубежном университете, должны предоставить в деканаты факультетов до 20 апреля следующие документы (при этом необходимо указать, что это для получения стипендии):
– копию академического транскрипта;
– копию листка с личными данными паспорта для выезда за границу;
– сертификат о знании языка (турецкий или английский);
– другие сертификаты;
– контактные данные.
Ankara Yıldırım Bayezıt University announces scholarship program for TSUL academic mobility students
The Higher Education Council of Turkey (YÖK) and the Presidency for Turks Abroad and Related Communities (YTB) have launched a joint program to provide financial support to international exchange students.
The program will provide financial support to two nominated students for exchange studies at Ankara Yıldırım Bayezıt University.
To participate in this program, candidates must have a GPA of at least 80% and be proficient in Turkish or English.
Candidates for academic mobility programs to receive a scholarship at a foreign university must submit the following documents to the dean's offices of the faculties by April 20 (it must be noted that this is for receiving a scholarship):
– a copy of the academic transcript;
– a copy of the personal data sheet of the passport for traveling abroad;
– certificate of language proficiency (Turkish or English);
– other certificates;
– contact information.