April 11, 2022

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

TDYU “Jinoyat-prosessual” kafedrasi tomonidan “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun “Jinoyat protsessida amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha klinik seminarlar” moduli doirasida Jinoyat ishlari bo’yicha Yunusobod tuman sudida sayyor dars tashkil etildi.

Tuman sudi raisi o’rinbosari F.Ismailova va sudayalar T.Xasanov, S.Qo’chqarov, A.Shomaxmudov tomonidan talabalarga “Sudlar tomonidan hukm chiqarish va qaror qabul qilish klinik amaliyoti” mavzusi doirasida qiziqarli va mazmunli ma’lumotlar berildi.


“Restorative Justice” maxsus kursi mashg‘ulotlarini “Regionale Dialogue” tashkiloti yetakchi huquqiy maslahatchisi Jeyms Eagline olib bormoqda

5-apreldan TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Restorative Justice” maxsus kursi mashg‘ulotlari boshlandi.
Maxsus kurs mashg‘ulotlari “Regionale Dialogue” tashkiloti yetakchi huquqiy maslahatchisi, AQSH Federal sudlov tizimida 44 yildan ko‘proq faoliyat yuritgan Jeyms Iglin tomonidan olib borilmoqda.

Ilk mashg‘ulotda talabalar bilan tanishuv o‘tkazilib, ular nega aynan shu kursni tanlagani haqida mutaxassis bilan fikr almashdi.
Shuningdek, mashg‘ulotda kursning maqsad-vazifalari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.


“Umumta'lim fanlar va madaniyat” kafedrasi o'qituvchisi Shohijahon Toshpo'lotov tomonidan “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun "Yurist imijini shakllantirish usullari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotga “Xalqaro va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi, JACAFA stipendiyasi sohibi Xushnazar Jo'rayev taklif etildi.

Spiker tomonidan dars davomida talabalarga yurist imidjini shakllantirishda eng muhim bo'lgan ko'nikmalar haqida ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari, darsda nufuzli stipendiyalar va xorijda exchange dasturlari haqidagi savollarga javob berildi.


“Xususiy huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Mehnat huquqi” kafedrasi bilan hamkorlikda ijtimoiy ta’minot huquqi boʻyicha mutaxassis va olim M.Ziyadullayev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi o'qituvchisi Dilrabo Topildiyeva tomonidan Farg ‘ona yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun ZOOM platformasi orqali “Sud ballistikasi” mavzusida dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida mavzu hususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi.

Oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob oldi.


“Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari nomzodi Azim Baratov tomonidan "Kriminalistika taktikasining umumiy qoidalari va kreminalistik versiyalar va tergov faoliyatini rejalashtirish" mavzusida navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tdi.

Toshkent davlat yuridik universitet huzuridagi akademik litseyda “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsentlari Gulnora Gulyamova hamda Nasiba Niyazova tomonidan mahorat darsi o'tkazildi.

“Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi o'qituvchisi Go‘zal Ahmedova tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun "Kriminalistika taktikasining umumiy qoidalari va kreminalistik versiyalar va tergov faoliyatini rejalashtirish" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o’qituvchisi Dadaxon Xudoynazarov tashabbusi bilan TDYU “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari uchun Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Toshkent viloyat sudining binosida sayyor dars tashkil etildi.

Mazkur sayyor dars “Iqtisodiy protsessual huquqi” fani bo’yicha “Iqtisodiy ishni qo‘zg‘atish, tayyorlash va sudda muhokama qilish. Birinchi instansiya sudining qarorlari” mavzusi doirasida o‘tkazildi.

Sayyor darsni IIB Toshkent viloyat sudining sudyasi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Umid Saydaxmedov olib bordi.


TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi oʻqituvchisi Rustam Abdullayev tomonidan “Ommaviy huquq” fakulteti talabalari uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida markazning odamning DNK sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti N.S.Saitova ishtirokida “Biologik ob’yektlarning DNK sud kriminalistik tadqiqotlari” mavzusida sayyor dars tashkil etildi.

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori Salomat Niyozova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6257-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati” boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti Nasiba Bozorova ishtirokida Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori Salomat Niyozova “Huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari: nazariya, amaliyot va qonunchilik tahlili” mavzusida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyada "Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi muammolari" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan universitetda ta’sis etilgan G'afur G'ulom stipendiyasi hamda ko'krak nishoniga talabgorlik qilish yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

“Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi tomonidan TDYUUning 1-TTJda yashovchi talabalar bilan kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda kriminalistik texnik vositalarni qo‘llash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida jinoyatlarni ochishda kriminalistikaning ahamiyati, kriminalistik texnik vositalarni qoʻllash va ushbu vositalarning turlari haqida ma’lumot berildi.


“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsent v.b. Firuza Xusainova tomonidan "Huquqiy koʻnikmalar va metodologiya" moduli doirasida "Полезные привычки - развивают личность и поддерживают положительный имидж в обществе" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsiga TDYU 3-bosqich talabasi, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining stipendiyasi sovrindori Saburyazov Islombek taklif etildi.

Mashgʻulotda inson hayotida ijobiy odatlarning oʻrni va ularni rivojlantirish yoʻllari haqida batafsil ma’lumot berildi.


“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsent v.b. Firuza Xusainova tomonidan "Роль этических и личностных качеств в деятельности юриста" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Huquqiy koʻnikmalar va metodologiya moduli doirasida tashkil etilgan mashgʻulotni TDYU Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi direktori Samir Latipov olib bordi.

Mahorat darsida yuristning professional faoliyatida huquqiy etika, uni tashkil etuvchi xususiyatlar, axloqiy sifatlarning roli haqida hayotiy misollar orqali batafsil va qiziqarli ma’lumolatlar berildi.


TDYU magistratura bosqichi talabalari uchun “Korporativ boshqaruv” moduli doirasida dars o‘tkazildi. “Эффективное корпоративное управление” mavzusidagi mashg‘ulotni “Deloitte Tashkent” ofisi korporativ moliya bo'limi boshlig'i Rustam Muxametshin olib bordi.

Andijon viloyat yuridik texnikumi hamda Buxoro viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun "Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Huquqiy koʻnikmalar va metodologiya” moduli doirasida oʻtkazilgan mashgʻulotni TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b. Raxman Quchkarov olib bordi.


“Umumtaʻlim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-o'qituvchilari Minovvarxon Yunusova va Marina Kosbergenova tomonidan “Raqamli huquqiy munosabatlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

TDYU “Ommaviy axborot vositalar huquqi” magistratura yoʻnalishi magistrantlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasi boʻyicha mutaxassis Mavlutdin Narzullayev olib bordi.

Amaliyotchi mutaxassis axborot resurslari va axborot tizimlarini attestatsiyadan oʻtkazish, normativ hujjatlarning ochiqligiga erishish boʻyicha o'z tahlillari bilan o'rtoqlashdi, axborot resurslarini standartlarga moslashtirish usullari haqida ma’lumot berildi.


Mirobod tumani 125-sonli maktabning bitiruv sinf oʻquvchilari bilan "Men yurist boʻlaman" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi mudiri Shuhrat Ismoilov ishtirok etdi.

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, ПҳД Allanova Azizaxon tomonidan “Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Jinoyat huquqi” fani doirasida oʻtkazilgan mashgʻulotni Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi, kapitan Baxtiyor Gʻiyasov olib bordi.


“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsent v.b. Firuza Xusainova tomonidan “Huquqiy koʻnikmalar va metodologiya” moduli doirasida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashgʻulotni TDYUU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsent v.b., advokat Farxod Fazilov olib bordi.

Dars davomida boʻlajak huquqshunoslarning professional faoliyatida huquqiy etika, uni tashkil etuvchi xususiyatlar, axloqiy sifatlarning roli haqida hayotiy misollar orqali batafsil va qiziqarli ma’lumot berildi.


“Mehnat huquqi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Muhammadamin Karimjonov “Sogʻliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida “Oʻzbekiston 24” teleradiokanalining “Taraqqiyot formulasi” koʻrsatuvida ekspert sifatida ishtirok etdi.

TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Sud hokimiyati” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ma'sul xodimi Sh.Majidov bilan hamkorlikda mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi xodimi Sh.Majidov talabalarga O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan sud-huquq islohotlari, bu sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, sudlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, ularning faoliyatining tashkiliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Darsda talabalar sudlar faoliyatiga oid o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


“Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi professori v.v.b. Eshmuxammad Qodirov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi mas’ul xodimi Nuriddin Tuxliyev tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.